Jahon | 23:16 / 11.09.2024
3279
1 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidenti YeI misolida islom davlatlari o‘rtasida chegara nazoratini bekor qilish taklifini berdi

Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyonning fikricha, bunday harakat «xorijiy sanksiyalar ta’sirini kamaytirish» imkonini beradi.

Foto: Tasnim

Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon Bag‘dodga tashrifi davomida xuddi «Shengen» kabi islom davlatlari chegaralarida nazoratni bekor qilish taklifini ilgari surdi, deb xabar beradi Tasnim agentligi.

Uning fikricha, bunday harakat «xorijiy sanksiyalar ta’sirini kamaytirish» imkonini beradi. 

Eron va Iroq o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida gapirar ekan, Pizishkiyon siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganuvchi maxsus komissiyalar tuzishga chaqirdi.

U, shuningdek, Eron hamda Iroq o‘rtasidagi moliyaviy va iqtisodiy hamkorlik kelishuvlari mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka hissa qo‘shishiga umid bildirdi.

Iroq prezidenti Abdullatif Jamol Rashid ikki davlat o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash zarurligiga rozi bo‘ldi. Shuningdek, u ikki davlat o‘rtasidagi savdo operatsiyalarida AQSh dollaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni to‘xtatishga chaqirdi.

Mavzuga oid