Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidenti Oliy rahbarga suiqasd urush e’lon qilishga barobarligini aytdi
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga «yangi rahbariyat izlash» vaqti kelganini aytgan edi.
Foto: AP
Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon AQSh tomonidan mamlakat oliy rahbari Ali Xominaiyga ehtimoliy suiqasd qilish Eron xalqiga qarshi «keng ko‘lamli urush» bilan barobar bo‘lishidan ogohlantirdi.
«Agar aziz insonlarning hayotida qiyinchiliklar va yo‘qotishlar sodir bo‘lsa, asosiy omillardan biri AQSh hukumati va uning ittifoqchilarining azaliy dushmanligi va g‘ayriinsoniy sanksiyalaridir», deb yozdi Pizishkiyon.
AQSh prezidenti Donald Tramp Erondagi ommaviy norozilik namoyishlari ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatladi. 17 yanvar kuni u Eron hukumati mamlakatni boshqarish uchun repressiya va zo‘ravonlikdan foydalanayotganini, oliy rahbarni «kasal odam ekanini» shuning uchun mamlakatga «yangi rahbariyat izlash» vaqti kelganini aytdi.
Eronda norozilik namoyishlari 2025 yil 29 dekabrda riyol kursining keskin pasayishi tufayli boshlandi. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlarda halok bo‘lganlar soni 5 ming kishidan oshgan, ular orasida 500 ga yaqin xavfsizlik kuchlari xodimlari ham bor. Donald Tramp bir necha bor namoyishchilar o‘ldirilgan taqdirda Eronga zarba berish bilan tahdid qilgan, biroq 16 yanvar kuni u hujumdan voz kechishga qaror qilganini, chunki rasmiylar namoyish ishtirokchilarini qatl etmaganini ma’lum qilgan. Ali Xominaiy namoyishchilarning o‘limida AQSh prezidentini aybladi.
Mavzuga oid
23:17 / 15.04.2026
Pentagon Kubaga qarshi harbiy operatsiyaga tayyorgarlikni boshladi – OAV
21:59 / 15.04.2026
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qamalini davom ettirsa, Eron uchta dengizni yopish bilan tahdid qildi
20:51 / 15.04.2026
TIME jurnali 2026 yilning eng nufuzli 100 kishisini e’lon qildi
19:52 / 15.04.2026