Kun.uz 7 sentabr kuni Oltinköl tumanida tadbirkorlik sub’yektlari ommaviy ravişda elektr tokidan uzib qöyilgani va quyoş panellarini örnatişga majburlanayotgani haqida yozgan edi. 11 sentabr kuni holatga Energetika vazirligi munosabat bildirdi.

“Sönggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda hamda ayrim ommaviy axborot vositalarining veb-saytlarida mamlakatimizning ba’zi bir hududlarida tadbirkorlik sub’yektlari quyoş panellari örnatişga majburlanayotgani, bu töğrisida ayrim mutasaddi taşkilotlar tomonidan tegişli ravişda rasmiy xat ham yuborilayotgani va örnatmasa, elektr ta’minotidan uzib qöyilişi töğrisida tahdid bölayotgani xususida şikoyatlar yangramoqda”, – deyiladi rasmiy munosabat avvalida.

“Majburlaş yöq”

Vazirlikning ta’kidlaşiça, “quyoş paneli örnatişga majburlaş yöq”.

Prezidentning 2023 yil 16 fevraldagi PQ-57-son va 2024 yil 14 iyundagi PQ-222-sonli (lex.uz'da mavjud emas) prezident qarorlari bilan quyoş panellari, quyoş suv kollektorlari örnatiş imkoniyati bor tadbirkorlik sub’yektlari hamda aholi xonadonlari uçun mazkur jihozlarning tarğibot-taşviqotini kuçaytiriş vazifalari körsatib ötilgan.

“Biroq kimnidir quyoş paneli örnatişga majburlaş, örnatilmagan taqdirda esa, uni tarmoqdan uzib qöyiş bilan ogohlantiriş masalasi heç bir qonunçilik hujjatlarida belgilanmagan. Demakki, bunday qiliş qonunçilikka zid va Energetika vazirligi bu kabi xatti-harakatlarni mutlaqo yoqlamaydi”, – deyiladi bayonotda.

Bundan taşqari, Energetika vazirligining ta’kidlaşiça, quyoş panellari va uning butlovçi qismlarini olib kirayotgan korxonalar soni ham “kun sayin ortib bormoqda”.

“Joriy yilning 8 oyida Özbekistonga 107 ta tadbirkorlik sub’yekti tomonidan 1,5 milliondan ziyod quyoş panellari olib kirildi. E’tiborlisi, tadbirkorlik sub’yektlarining 64 tasi bu safga joriy yilda qöşilgan. Şuningdek, 62 ta tadbirkorlik sub’yekti tomonidan salkam 7 ming dona invertorlar olib kirilgan. Buning natijasida, agar 2023 yilning sentabr oyida bir kWh quvvatga ega “on grid” (energiya tanqisligi yuz bermasligi yoki elektr energiyasi ortiqça bölmasligi uçun tarmoqqa ulaniş) tizimidagi quyoş paneli narxi örtaça 10 mln sömga, “off grid” (energiya ta’minotçilaridan mustaqil tizim, bunday tizimning muhim tarkibiy qismi quyoş energiyasidan nafaqat kunduzi, balki keçasi ham foydalaniş imkonini beruvçi batareyalardir) tizimidagi esa 13 mln sömga baholangan bölsa, joriy yilda ularning narxi 30 foizdan ziyod arzonlaşib, tegişliça 7 mln sömdan 9 mln sömgaçani taşkil etmoqda.