Andijon viloyati Oltinköl tumanidagi dökonlar, dorixonalar, avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalari, pişiriq sexlari, öquv markazlari, işlab çiqariş korxonalari 7 sentabr kuni ertalabdan ommaviy ravişda elektr tokidan uzib qöyildi. Bu haqda Kun.uz'ga tumanda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar ma’lum qildi.

“Bugun soat 9:30-10 lar atrofida svet öçdi. Keyin eşitsam, tumandagi hamma tadbirkorlar elektr tokidan ommaviy uzilayotgan ekan. Bizga bu tuman prokuraturasining topşiriğiga asosan qilinganini aytişdi. 10-15 tadbirkor birga prokuraturaga borsak, “bizning xabarimiz yöq”, deyişdi. Tuman elektr tarmoqlari korxonasining aytişiça, agar quyoş panellarini örnatmasak, svet berilmas ekan.

“Quyoş panellarini örnatib, tuzilgan şartnomalarni bizga olib kelib körsatinglar, tok beramiz”, deyişyapti. Endi ertalabdan beri qurbi yetgan, kattaroq tadbirkorlar quyoş panellarini izlaşga tuşib ketgan. Ular-ku amallab örnatar, lekin mening bunga hozir qurbim yetmaydi, menda ortiqça pul yöq hozir. Mayli, bir oy muhlat berişsin örnatişga, amallarmiz. Lekin hozir svetni öçirib, hozir örnatasan deyişi mantiqsiz. Biznesni zararga kiritişyapti”, – deydi Kun.uz bilan suhbatlaşgan tadbirkorlardan biri.

Tuman elektr tarmoqlariga murojaatda pişiriq tayyorlaydigan sexlar muzlatkiçlarda aynib qoladigan mahsulotlar borligi, tezroq elektr tokini yoqişni söragan.

“Lekin heç kimning muammosini inobatga olişmayapti, quyoş panellarini örnatişga majbur qilişyapti”, – deydi yana bir tadbirkor.

Kun.uz holatga aniqlik kiritiş uçun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati bilan boğlandi. Kompaniya matbuot kotibining aytişiça, bunday murojaatlar boşqa hududlardan ham kelib tuşgan.

“Lekin ogohlantirişsiz uzilgan bölişi mumkin emas. Tadbirkorlar quyoş panellarini örnatişi kerak, bu borada tegişli Özbekiston Respublikasi prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvçi energiya manbalari va energiya tejovçi texnologiyalarni joriy etişni jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-57-sonli, 2024 yil 31 maydagi “Energiya resurslaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-222-sonli qarorlarida nazarda tutilgan”, – deydi kompaniya matbuot kotibi Fahriddin Nuraliyev

Kun.uz Oltinköl tuman hokimligi matbuot kotibiga boğlanib izoh olişga urindi, lekin buning iloji bölmadi.