Agar Yaqin Şarq mintaqasidagi boşqa davlatlarda yadro quroli paydo bölsa, Turkiya ham yadroviy poygaga qöşilişga majbur böladi. Bu haqda Turkiya taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan CNN Turk efirida aytib ötdi.

«Bu masalani umumiy strategik vaziyat kontekstida körib çiqiş kerak. Oçiğini aytganda, biz mintaqada hozirgi kuçlar muvozanatini buzişi mumkin bölgan dramatik özgarişlarni körişni istamaymiz.

Masalan, Eron bilan muammoli masalalarga ega bölgan mamlakatlar yadro qurolini qölga kiritişga intilişni boşlaydi. Turkiya ham beixtiyor bu qurollaniş poygasiga qöşilişiga töğri keladi», – dedi u.

Şu bilan birga, u yadro quroliga ega bölişning öziga xos «risklari borligi»ni ham ta’kidlagan.

Turkiya TIV rahbarining bu bayonoti Eron yadroviy dasturi atrofidagi vaziyat tufayli mintaqada saqlanib qolayotgan keskinlik fonida yangradi. Şuningdek, 2025 yil sentabr oyida Pokiston va Saudiya Arabistoni özaro yordam töğrisidagi strategik mudofaa şartnomasini imzoladi, uning doirasida qirollikka Pokiston yadroviy qurolidan foydalaniş imkoniyati berilişi mumkin.

Ayni paytda Rossiya, AQŞ, Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Pokiston va Isroil rasman yadroviy quroliga ega davlatlar hisoblanadi. Şuningdek, Şimoliy Koreya kabi Eronning ham öz yadro dasturi mavjud, mamlakat rasmiylari atom energetikasi ilmiy maqsadlarda örganilişini aytib keladi. Biroq, ğarb davlatlari 2000-yillar boşidan beri Eron yadro quroli yaratiş niyatida ekanini gumon qilib keladi.

9 fevral kuni Eron vitse-prezidenti, Islom Respublikasi atom energiyasi taşkiloti rahbari Muhammad Islomiy agar Vaşington Tehrondan barça sanksiyalarni olib taşlaydigan bölsa, Eron hukumati 60 foizlik uran zaxiralarini boyitiş darajasini pasaytirişga tayyorligini aytdi.

Eslatib ötamiz, 5 fevral kuni Rossiya va AQŞ örtasida Strategik hujum qurollari töğrisidagi şartnoma muddati tugadi. Yadro qurollarini yöq qiliş böyiça kelişuv Rossiya va AQŞning yadroviy arsenallarini çeklovçi sönggi kelişuv bölib qolmoqda, ular dunyodagi yadroviy kallaklarning taxminan 85 foizini taşkil qiladi.