Xitoyda g‘oyib bo‘lgan mashhur ishbilarmonning bankida 11 mln dollarlik sirli hisobraqam aniqlandi
Xitoyda yuqori texnologiyalar sohasidagi yirik biznes-vositachi Bao Fan yo‘qolib qolganidan keyin uning bankida 11 million dollarlik sirli hisobraqam paydo bo‘lgani aniqlandi, deb xabar beradi CNN.
Mazkur mablag‘lar Baoning qayerda ekani atrofidagi mish-mishlarni yanada urchitmoqda. U 2005 yilda Pekinda China Renaissance investitsiya bankiga asos solib, Xitoy texnologik kompaniyalari uchun yetakchi vositachiga aylantirgan.
U 2015 yilda mamlakatdagi eng yirik Meituan va Dianping ovqat yetkazib berish xizmatlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlagan. Bugungi kunda birlashgan kompaniyaning «superilova» platformasi butun Xitoy bo‘ylab tarqalgan.
Baoning kutilmaganda g‘oyib bo‘lishi Xitoy moliyaviy va texnologik xizmatlar sektorida shok holatni yuzaga keltirib, iqtisodiy qulash sharoitida ishonchsizlikni yanada kuchaytirgan edi.
2023 yil fevralda China Renaissance korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli repressiya fonida bosh direktor Bao Fan yo‘qolganini ma’lum qilgandi. Oradan bir yarim yil o‘tgan bo‘lsa-da, Baoga qarshi biror ayblov ilgari surilmagan.
O‘tgan yozda Economic Observer davlat nashri Bao g‘oyib bo‘lganidan beri mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bosh organi — Tartib-intizomni tekshirish bo‘yicha markaziy komissiyaning qamoqxonasida saqlanayotgani to‘g‘risida xabar bergan. U korporativ korrupsiya bo‘yicha tergovga jalb qilingani aytilgan.
Joriy yilning fevral oyida Boa rasman investitsiya banki raisi va bosh direktorligidan ketdi. Uning lavozimni tark etishiga «sog‘lig‘idagi muammolar va oilaviy ishlarga ko‘proq vaqt ajratishni maqsad qilgani» sabab qilib ko‘rsatilgan.
O‘tgan hafta alohida hisobraqamda saqanayotgan 11 million dollarga oid hisobotni e’lon qilgan China Renaissance «jamoa Bao hamkorlik qilayotgan tergov bo‘yicha hech qanday ma’lumotga ega emasligini» bildirdi.
China Renaissance e’lon qilgan hisobotda ushbu mablag‘lar «boshqa debitor qarzdorliklar» bo‘limiga joylashtirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu odatda kompaniyaning tovarlarni yetkazib berish yoki mijozlarga xizmatlar ko‘rsatishdan keyin qarzdor bo‘lgan har qanday to‘lanmagan pul mablag‘larini bildiradi.
Unda aytilishicha, Xitoy hukumati mablag‘larni «tergov qilinayotgan ishga bog‘liq» to‘lov sifatida ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lsa-da, bu sud jarayonlari yoki jarimaga sabab bo‘lmaydi. Bank yuristlarining ma’lum qilishicha, ushbu mablag‘lar «qaytarilishi yoki musodara qilinishi» mumkin.
Sirli to‘lov tufayli bank auditori Zhonghui Anda CPA 2023 yil natijalari bo‘yicha «malaka xulosasini» berishi va unda mablag‘lar nima sababdan qayd etilmay qolganini ko‘rsatishi kerak.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘istondan yerosti quvuri orqali O‘zbekistonga benzin tashigan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 19:13
-
Apple yana dunyoning eng qimmat brendlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
Jahon | 18:36
-
Tuxum yetishtirish kooperatsiyasi uchun 50 million dollar yo‘naltiriladi
O‘zbekiston | 18:35
-
O‘zbekiston 2024 yilda gaz importini 2,4 barobarga oshirdi
Iqtisodiyot | 18:08
Mavzuga oid
17:37
Xitoyda talabalarga pichoq bilan hujum qilgan shaxs qatl etildi
12:58
Xitoyda dunyoda birinchi bo‘lib robotlar va insonlar o‘rtasida marafon o‘tkaziladi
22:48 / 20.01.2025
Xitoy raketasi navigatsion tizimlarga ega sun’iy yo‘ldoshlar guruhini orbitaga olib chiqdi
22:37 / 20.01.2025