Britaniyada Yelizaveta II ning yangi haykali paydo bo‘ldi. U ko‘plab bahslarga sabab bo‘lmoqda
Kompozitsiyada qirolicha turmush o‘rtog‘i va o‘zining sevimli korgilari bilan tasvirlangan. Haykaltaroshning ta’kidlashicha, bu orqali monarx va uning tarixga qo‘shgan hissasini abadiylashtirish maqsad qilingan.

Foto: Sky News
Shimoliy Irlandiyada qirolicha Yelizaveta II hamda uning turmush o‘rtog‘i Filippga atab haykallar o‘rnatilgan haykallar ochildi. Bronzadan yasalgan haykallar Ento Brennan tomonidan yasalgan va Antrim qal’asidagi bog‘ hududiga o‘rnatilgan.
Kompozitsiyada qirolicha turmush o‘rtog‘i va o‘zining sevimli korgilari bilan tasvirlangan. Haykaltaroshning ta’kidlashicha, bu orqali monarx va uning tarixga qo‘shgan hissasini abadiylashtirish maqsad qilingan.
«Haykal qirolichaning qadr-qimmatini, uning nafosati, matonatini va mamlakatga uzoq yillik sadoqatini aks ettiradi», — deyiladi Antrim shahar kengashi xabarida.
Ammo internet foydalanuvchilarining haykal borasidagi fikri ikkiga bo‘linmoqda. Ayrim foydalanuvchilar qirolichaning tashqi ko‘rinishi yaxshi ifodalanmagani va iliqlik yo‘qligi sabab haykalni muvaffaqiyatsiz deb topdi. «Haykal qirolichadan ko‘ra ko‘proq kosmik personajni yodga soladi», — deydi internet foydalanuvchilaridan biri. Boshqalar esa haykal monarxga nisbatan haqorat razmi ekani va uni zudlik bilan olib tashlash kerakligini aytmoqda.
Shunga qaramay, internet tarmog‘ida haykalni himoya qilayotganlar ham bor. Ularning ta’kidlashicha, kompozitsiyani yaratishga ko‘p vaqt va kuch sarflangan, haykaltaroshni tanqid qilish — adolatdan emas.
Ta’kidlanishicha, bu qirollik oilasiga bag‘ishlab yaratilgan san’at asarining birinchi marotaba tanqidga uchrashi emas. Iyun oxirida tarmoqda Megan Markl va shahzoda Garrining yangi portretlari paydo bo‘lgandi. Megan Markl portreti «Oq qirolichaning qaytishi» nomini olgan. Unda ayol qirol Eduard IV ning rafiqasi Elizabet Grey obrazida tasvirlangan.
Buyuk Britaniya hududida Yelizaveta II ga atab o‘rnatilgan ilk haykal aprel oyida Okem shahridagi kutubxonada ochilgandi. Bronza haykal okrug aholisi tomonidan ehson qilingan 124 ming dollar evaziga yasalgan edi.
Qirolicha Yelizaveta II 2022 yilning 8 sentabrida 96 yoshida vafot etgandi. Uning o‘limidan keyin to‘ng‘ich o‘g‘li Charlz III taxtga o‘tirdi va yangi monarxga toj kiydirish marosimi 2023 yil 6 may kuni bo‘lib o‘tdi.
So‘nggi yangiliklar
-
«Pautina» operatsiyasi aniq tarix darsliklariga kiritiladi - Zelenskiy
Jahon | 00:20
-
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi
Jahon | 23:06 / 01.06.2025
-
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish orderini berdi
Jahon | 22:27 / 01.06.2025
-
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:10 / 01.06.2025
Mavzuga oid

19:56 / 13.05.2025
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi

21:46 / 23.11.2024
Charlz III ning toj kiyishi britaniyaliklarga 90 mln dollarga tushgani ma’lum bo‘ldi

10:59 / 07.11.2024
Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filippning to‘yidagi tort bo‘lagi kimoshdi savdosida sotildi

22:04 / 27.08.2024