Qiroliça Yelizaveta II va şahzoda Filippning töyida tortilgan mevali tort bölagi Angliyadagi Reeman Dansie kimoşdi savdosida 2,2 ming funt sterlingga (qariyb 2,9 ming dollarga) sotildi.
1947 yildan buyon saqlanib kelinayotgan şirinlikni xitoylik kolleksioner sotib oldi. U 10x7,6 santimetr ölçamli tort bölagi bilan birga Yelizavetaning xati ilova qilingan original sovğa qutisiga ham ega böldi.
Uşbu tort bölagi bundan 77 yil oldin Edinburgdagi Holirud saroyi xizmatçilari boşqaruvçisi Marion Polsonga minnatdorçilik ramzi sifatida yuborilgan: u yoş kelin-kuyovga “ajoyib” şirinlik servizini sovğa qilgandi. Ayol tort bölagini öz karavoti ostidagi çamadonda, şaxsiy buyumlari orasida saqlagan. U 1980 yillarda vafot etgan. Yaqinda uning qarindoşlari şirinlikni topib oldi.
Reeman Dansie eksperti Jyeyms Grinter töy tortining butun holatini fotosuratlarda körganini aytdi. Uning sözlariga köra, tort “juda katta, yarim xonani egallardi”. Grinter mevali tort bölagi qoronğida turgani, unga alkogol şimdirilgani sabab juda yaxşi holatda saqlanganini ta’kidladi.
Töy tortini yaratiş ustida boş qandolatçilar McVitie & Price işlagan. Tört qavatli tortning balandligi qariyb 3 metr va oğirligi 226,7 kilogramm edi. Şahzoda Filipp uni qiliç bilan 2 ming bölakka bölgan — ular marosim mehmonlariga tarqatilgan, şuningdek, taşakkurnomalar bilan birga butun dunyoga jönatilgan.
















