Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliyadagi maktablarda telefondan foydalanish taqiqlanmoqda
Ormiston Academies Trust’ning mamlakat bo‘ylab joylashgan 42 ta maktabida tahsil oladigan 35 mingga yaqin o‘quvchi bosqichma-bosqich smartfonlardan foydalanish huquqidan mahrum etiladi.
Angliyaning eng yirik maktab akademiyasi fonlaridan biri — Ormiston Academies Trust o‘qish davrida telefonlardan foydalanishni taqiqlash niyatida, deb xabar beradi BBC.
Qayd etilishicha, butun mamlakat bo‘ylab joylashgan 42 ta maktabda tahsil oladigan 35 mingga yaqin o‘quvchi bosqichma-bosqich smartfonlardan foydalanish huquqidan mahrum etiladi.
Fond vakilining ma’lum qilishicha, «mobil telefonlar dars o‘tish va o‘qishga, bolaning xulq-atvori va ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi».
Avvalgi konservativ hukumat tomonidan shakllantirilgan Ta’lim vazirligi maktab darslarida telefonlardan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha yo‘riqnomani chiqargan edi. Ormiston’ning yangi choralari barcha maktablarda, jumladan, boshlang‘ich va 32 ta o‘rta maktabni qamrab oladi.
Sakkizta umumta’lim maktabi ota-onalar bilan maslahatlashganidan so‘ng, kuzgi mavsumda mazkur siyosatga «turli yondashuvlar»ni sinab ko‘rdi, shu jumladan, muassasalardan biri telefonlardan butunlay voz kechgan. Mas’ullarning so‘zlariga ko‘ra, loyiha «haqiqatda muvaffaqiyatli» chiqqan va ota-onalar hamda o‘quvchilar orasida «mashhurlikka erishmoqda».
Fond tasarrufidagi boshlang‘ich maktablar, alohida e’tiborga muhtoj maktablarda telefondan foydalanish allaqachon taqiqlangan. To‘rt farzandni tarbiyalab kelayotgan Gastings shahrida istiqomat qiluvchi 37 yoshli Jo Meyattning aytishicha, «butunlay taqiq xavfli va mas’uliyatsizlikdir». Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalar telefondan avtobuslar jadvalini ko‘rish va xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda ham foydalanadi.
Mavzuga oid
21:19 / 16.05.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan yana bir sovrinni qo‘lga kiritdi
21:56 / 14.01.2026
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni mavsum oxirigacha boshqaradi
14:52 / 21.04.2025
Okean ustidan g‘alaba
15:39 / 11.03.2025