Samarqand şahrida joylaşgan Silk Road Samarkand xalqaro turizm markazi hududida zamonaviy dor yöli qurilişi işlari boşlandi.


Loyihaga muvofiq, dor yölining umumiy uzunligi 1700 metrni taşkil etadi. U 35 ta kabinadan iborat böladi. Har bir kabina 10 nafargaça yölovçini taşiş imkoniyatiga ega bölib, tizim soatiga 1500 kişigaça xizmat körsatişi közda tutilgan.
Mazkur loyiha amalga oşirilişi natijasida turizm markazi hududida harakatlaniş yanada qulaylaşişi, şuningdek, sayyohlar uçun hududni tepadan tomoşa qiliş va qöşimça dam oliş imkoniyatlari yaratilişi kutilmoqda.














