Turkiyada ayollarning siyosiy va ijtimoiy hayotdagi huquqlari 1934 yil 5 dekabrda Mustafo Kamol Otaturk taşabbusi bilan töliq e’tirof etilgan. Şu sanada ayollarga saylaş va saylaniş huquqi berilib, mamlakatda teng huquqli jamiyat şakllanişiga yöl oçilgan. Oradan bir yil ötmasdan turk ayollari parlamentga öz nomzodlari bilan kirib kelgan.

Turkiyadagi yangi voqelik — özbek kelinlar soni oşib bormoqda

Sönggi yillarda turk fuqarolari bilan turmuş qurgan xorijlik ayollar orasida özbekistonliklar birinçi örinni egallamoqda. 2023 yil statistikasiga köra, Turkiyaga kelin bölgan har 10 nafar xorijlik ayoldan biri — özbek.

Biroq şu bilan birga, ularning katta qismi Turkiya qonunçiligidagi ayollarga tegişli huquqlardan xabardor emas. Bu esa ayni paytda huquqiy muammolar, oilaviy kelişmovçiliklar va turmuşda bosim holatlarida özbek ayollarini himoyasiz qoldirişi mumkin.

Turkiyadagi huquqiy tizim Özbekistonnikidan farq qiladi. Şu bois migrant ayollar uçun nikoh, mulk, mehnat va bolalar huquqi böyiça qonun normalarini biliş juda muhim.

Nikoh va oila huquqlari

Turkiyada nikoh — faqat diniy marosim emas, balki huquqiy bitim sanaladi. Qonunga köra, er-xotinlar teng huquqlarga ega.

Turkiya Konstitutsiyasining 41-moddasi: “Oila jamiyatning asosidir va er-xotin tengligi asosida quriladi.”

Turk fuqarosi bilan turmuş qurgan ayol erkin yuriş, ijtimoiy hayotda qatnaşiş, tadbirlarga boriş, öqiş yoki işlaş huquqiga ega. Er uni uyda qolişga majbur qiliş yoki ijtimoiy aloqalarni çeklaş huquqiga ega emas. Ayol kasb tanlaş, karera qiliş, ta’lim oliş yoki biznes oçiş uçun eridan ruxsat söraşga majbur emas. Homiladorlik sababli işdan böşatiş yoki kamsitiş taqiqlangan. Er-xotinning nikohdan oldingi mulki şaxsiy hisoblanadi. Nikoh davrida olingan mulk esa, agar nikoh şartnomasi bölmasa, umumiy mulk sifatida qaraladi. Homiladorlik ta’tili, tuğuruqdan keyingi ta’til va bola parvarişi uçun ruxsat qonun bilan kafolatlanadi. Homilador ayolni işdan böşatiş taqiqlangan.