Özbekistonda fermerlar va klasterlar örtasida paxta xomaşyosini yetiştiriş böyiça yil boşida tuzilgan şartnomalarga qöşimça kelişuvlar tuzilmoqda. Bu borada hukumat qarori qabul qilindi.

Qöşimça kelişuvlar asosida paxta sotuvi narxi pasaytiriladi. Fermerlar va jamoatçilik vakillari buni fermerlarga nisbatan adolatsizlik deb hisoblamoqda.

Yil boşida 2024 yil hosilidan birinçi nav ikkinçi sinf bir tonna paxta xomaşyosining boşlanğiç fyuçers narxi, jahon bozoridagi oxirgi 12 oylik örtaça kotirovkalardan kelib çiqib, 7 mln 800 ming söm deb e’lon qilingan edi. Şunga muvofiq, fermerlar va klasterlar örtasida fyuçers şartnomalari tuziş böyiça birjadagi savdolarga şu boşlanğiç narx asos bölgandi.

Biroq şundan keyin ötgan davrda jahon bozorida paxta xomaşyosi narxi arzonlaşdi. Vazirlar Mahkamasining 16 sentabr kuni qabul qilingan “Paxta xomaşyosi yetiştiruvçilarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga köra, ayni paytda jahon bozorida paxta xomaşyosining boşlanğiç fyuçers narxlari tonnasiga 6 mln 800 ming söm atrofida şakllanmoqda.

Uşbu vaziyatda hukumat quyidagi çoralarni e’lon qildi:

  • paxta yetiştiruvçilar tomonidan birja savdolari orqali realizatsiya qilingan (elektron hisob-faktura asosida) bir tonna paxta xomaşyosi (paxta-töqimaçilik korxonalari tomonidan yetiştirilgan paxta xomaşyosi hamda uruğlik paxta bundan mustasno) uçun 1 mln söm miqdorida subsidiya ajratiladi (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hisobidan);
  • 2024 yil uçun paxta yetiştiruvçilar va qayta işlovçilar örtasida birja savdolarida tuzilgan şartnomalar böyiça qöşimça kelişuv tuziladi, bunda paxta xomaşyosining sotiş narxi 6 mln 800 ming sömdan kam bölmasligi inobatga olinadi;
  • 2024 yil hosilidan fyuçers şartnomalaridan taşqari paxta xomaşyosini birja savdolariga çiqarişda uning boşlanğiç narxini tonnasiga 6 mln 800 ming sömdan kam bölmagan miqdorda e’lon qilinadi;