Boeing minglab xodimlarini majburiy ta’tilga yuborishni boshladi
Xodimlarning ommaviy ta’tilga chiqarib yuborilishi kompaniya uzoq muddatli ish tashlash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rayotganidan dalolat beradi. Chunki ish haqini 40 foizga oshirishni talab qilayotgan ishchilar bilan murosaga kelish oson bo‘lmaydi.

Foto: Reuters
AQShdagi Boeing aviakorporatsiyasi ishchilari maoshidan norozilik bildirib, ish tashlash boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. U.S. News’ning yozishicha, kompaniya Vashington va Oregon shtatlaridagi minglab xodimlarini majburiy ta’tilga yuborishni boshlagan.
Manbalarga ko‘ra, Boeing va uning eng yirik kasaba uyushmasi o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani bois, Xalqaro mashinasozlar va aerokosmik ishchilar assotsiatsiyasining namoyish o‘tkazayotgan ishchilariga joriy haftada so‘nggi maoshlari to‘lab berilgan.
Muzokara ishtirokchilari Boeing va kasaba uyushmalari yana kelishib olishiga biror belgi ko‘rinmagani bois har ikki tomon uzoq muddatli ish tashlashlarga tayyorgarlik ko‘rishning keyingi qadamlarini qo‘ygan.
Boeing bosh direktori Kelli Ortbergning ma’lum qilishicha, muzokaralar biror natija keltirmagan bo‘lsa-da, kompaniya avvalgidek «tezroq murosaga kelishni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi».
Ortbergning so‘zlariga ko‘ra, Boeing 777 va 767 samolyotlarining ishlab chiqarilishini to‘xtatib qo‘ygan ish tashlashlarga barham berish hozirda ustuvor vazifaga aylangan. Joriy hafta Ortberg o‘z xodimlariga kompaniya AQShdagi ish tashlashda ishtirok etmayotgan ayrim xodimlarini vaqtinchalik majburiy ta’tilga yuborishini bildirgan.
Xodimlarning ommaviy ta’tilga chiqarib yuborilishi kompaniya uzoq muddatli ish tashlash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rayotganidan dalolat beradi. Chunki ish haqini 40 foizga oshirishni va ish unumdorligi uchun to‘lanadigan mukofot pullarini qayta tiklashni talab qilayotgan ishchilar bilan murosaga kelish oson bo‘lmaydi.
Avvalroq kompaniya shartnoma amal qilish muddati davomida ish haqini 25 foizga oshirish, pensiya hisobraqamlariga badallarni ko‘paytirish, xodimlarning tibbiy sug‘urta xarajatlari ulushini kamaytirish va ta’til muddatlarini uzaytirishni nazarda tutuvchi kelishuvni taklif qilgandi.
13 sentabr kuni Amerika aviakorporatsiyasining samolyotlarni yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi zavodlarida ishlovchi 33 ming xodim kompaniya taklifini rad etib, ish tashlashga chiqdi. Bu Boeing ishchilarining 2008 yildan buyon birinchi ish tashlashidir. Davomiyligiga qarab, u Boeing kompaniyasining qariyb 10 ming ta’minotchisi uchun ham muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Kompaniyaning o‘zi esa 3,5 milliard dollargacha zarar ko‘rishi ehtimoli bor.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi
Iqtisodiyot | 12:27
-
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 12:20
-
Bojxona sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 12:07
-
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov
Iqtisodiyot | 11:59
Mavzuga oid

21:41 / 21.03.2025
Tramp tarixdagi eng halokatli samolyot yaratilganini e’lon qildi

19:18 / 12.03.2025
“Talablari juda og‘ir, hukumat qiyinchiliklarga duch keladi” – Germaniyadagi ish tashlashlar haqida suhbat

20:44 / 09.03.2025
Hamburg aeroporti ish tashlashlar sabab butunlay faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi

23:43 / 27.02.2025