Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya muzeyida «Ipak yo‘llari» ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi
Britaniya muzeyida namoyish etiladigan eksponatlar V-X asrlar oralig‘ida Ipak yo‘li bo‘ylab harakatlangan insonlar, mahsulot va g‘oyalar madaniy hamda tarixiy aloqalarning rivojlanishiga qanday xizmat qilganini ko‘rsatadi.
Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
Tez kunda mashhur Britaniya muzeyida «Ipak yo‘llari» ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanaliga yozib qoldirdi.
«O‘zbekistondan olib boriladigan noyob osori atiqalar boy madaniy merosimizni, diyorimizning Ipak yo‘li tarixidagi muhim o‘rnini aks ettiradi», — deb yozadi Mirziyoyeva.
Qayd etilishicha, Britaniya muzeyida namoyish etiladigan eksponatlar V-X asrlar oralig‘ida Ipak yo‘li bo‘ylab harakatlangan insonlar, mahsulot va g‘oyalar madaniy hamda tarixiy aloqalarning rivojlanishiga qanday xizmat qilganini ko‘rsatadi. Ko‘rgazma 2024 yil 26 sentabrdan 2025 yil 23 fevralga qadar tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi.
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi «Ipak yo‘llari» ko‘rgazmasi uchun Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi hamda O‘zbekiston davlat san’at muzeyida saqlanayotgan 14 ta eksponatni taqdim etishi to‘g‘risida iyun oxirlarida xabar berilgan edi.
Ular orasida Markaziy Osiyoning Buyuk Ipak yo‘li tarixidagi ahamiyatiga dalolat bo‘luvchi Varaxsha saroyi alvon mehmonxonasining devoriy surati, qopqoqli suyakdon, so‘g‘d yozuvi tushirilgan kumush idish, Kofirqal’a xarobasiga oid ko‘za va boshqa noyob arxeologik topilmalar mavjud.
Mavzuga oid
21:22 / 18.05.2026
Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
18:18 / 18.05.2026
O‘zbekiston global kapital bozori uchun yanada ochiq va ishonchli hamkorga aylandi - Saida Mirziyoyeva
14:26 / 15.05.2026
Saida Mirziyoyeva: «Jo‘yzar» kanali betonlanadi - yiliga 12 mln kub metr suv tejaladi
11:51 / 15.05.2026