“Ipak yöllari” körgazmasida namoyiş etiladigan aksariyat aşyolar, şu jumladan, şatranj donalarining eng köhna töplamlaridan biri va Afrosiyobdagi haşamatli 6 metrlik “Elçilar xonasi” devoriy surati Londonda ilk bor namoyiş etiladi.
Özbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi “Ipak yöli” körgazmasi uçun Samarqand davlat muzey-qöriqxonasi hamda Özbekiston davlat san’at muzeyida saqlanayotgan 14 ta eksponatni taqdim etadi.

Ular orasida Markaziy Osiyoning Buyuk Ipak yöli tarixidagi ahamiyatiga dalolat böluvçi Varaxşa saroyi alvon mehmonxonasining devoriy surati, qopqoqli suyakdon, söğd yozuvi tuşirilgan kumuş idiş, Kofirqal’a xarobasiga oid köza va boşqa noyob arxeologik topilmalar mavjud.

“Ipak yöllari” körgazmasi 2024 yil 26 sentabrdan 2025 yilning 23 fevraliga qadar Britaniya muzeyidagi Sainsbury körgazmalar galereyasida namoyiş etiladi.












