AQSh Senati: Maxfiy xizmat Trampga uyushtirilgan suiqasdning oldini olishi mumkin edi
Tergov davomida aniqlanishicha, Maxfiy xizmat mergan chiqqan binoni kuzatmagan, xodimlar turli radiokanallar orqali muloqot qilgani ham o‘zaro aloqada qiyinchilik tug‘dirgan.

Foto: AP
AQSh Senatining Ichki xavfsizlik va davlat ishlari qo‘mitasi Maxfiy xizmat faoliyatidagi ko‘plab xatoliklar bo‘lmaganida sobiq prezident Donald Trampga uyushtirilgan suiqasdning oldini olish mumkin bo‘lardi, degan xulosaga keldi.
«Ushbu xatolar oqibati dahshatli», — deydi demokrat-senator Geri Piters.
Qo‘mita tergovining oraliq hisobotida keltirilishicha, Maxfiy xizmat tomonidan Trampga uyushtirilgan hujumda yo‘l qo‘yilgan xatolarni «aniqlash, oldini olish» mumkin bo‘lgan.
Tergov davomida xizmatning deyarli barcha darajalarida ko‘plab xatoliklar aniqlangan. Avvalroq Maxfiy xizmatning ichki tergovi natijalarida, shuningdek, Vakillar palatasining hozirda davom etayotgan tergovida ham shunga o‘xshash xulosalar berilgan.
Kongressmenlarning so‘zlariga ko‘ra, Maxfiy xizmat mergan chiqqan binoni kuzatmagan, xodimlar turli radiokanallar orqali muloqot qilgani ham o‘zaro aloqada qiyinchilik tug‘dirgan. Bundan tashqari, tergov davomida Trampga o‘t ochilishidan ikki daqiqa oldin Maxfiy xizmatga bino tomiga shubhali shaxs chiqib olgani haqida ogohlantirish kelib tushgani aniqlangan. Shunga qaramay, mergan AQSh sobiq prezidentiga bir necha bor o‘q uzishga muvaffaq bo‘lgan.
13 iyul kuni 20 yoshli Tomas Metyu Kruks AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning Pensilvaniya shtati Batler shahrida saylovoldi tashviqoti mitingidagi chiqishi vaqtida unga qarata o‘q uzgandi. O‘q siyosatchi qulog‘ining tepa qismiga tekkan.
Sodir bo‘lgan holat yuzasidan o‘tkazilgan tergov fonida AQSh Maxfiy xizmati direktori Kimberli Chitl iste’foga chiqdi. Bundan oldin AQSh Vakillar palatasida Trampga suiqasd uyushtirilgan tadbirda xavfsizlik rejimi buzilgani yuzasidan eshituv bo‘lib o‘tgan edi. Chitl suiqasd bo‘yicha sobiq prezidentni ogohlantirishga ulgurmagani uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, mazkur holatni Maxfiy xizmatning o‘n yillikdagi «eng jiddiy muvaffaqiyatsizligi» deb atagan.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Falastinliklar G‘azodagi BMT omboriga bostirib kirdi
Jahon | 13:25
-
Germaniyada hamshira sifatida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda
O‘zbekiston | 13:12
-
G‘azoga yordamni qurolga aylantirgan Isroil, Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqida o‘ylayotgan Tramp va Kanada uchun 61 milliardlik «Oltin gumbaz» – kun dayjesti
O‘zbekiston | 13:12
-
Sud Trampning aksariyat bojlarini qonuniy deb topdi
Jahon | 12:56
Mavzuga oid

12:56
Sud Trampning aksariyat bojlarini qonuniy deb topdi

09:50
«Vakolat muddatim tugamoqda». Mask davlat ishidan ketishini e’lon qildi

09:09
NYT: Tramp dunyoni AQSh, Rossiya va Xitoy o‘rtasida bo‘lish niyatida

00:17