Butun faoliyati davomida taşqi siyosatga katta e’tibor qaratgan Lindsi Grem Rossiya bilan uruşda Ukrainaning aşaddiy tarafdori edi. Şuningdek, u Eronga qarşi uruş boşlaş qarorini qabul qilişda Trampga katta ta’sir körsatgan siyosatçilardan biri bölgani aytiladi.
Respublikaçi senator Lindsi Grem «qisqa va kutilmagan kasallik»dan keyin 71 yoşda vafot etdi. Bu haqda The Washington Post senator idorasiga tayanib xabar tarqatdi, hozirça boşqa tafsilotlar keltirilmadi.
NBC News telekanali xabar berişiça, şanba kuni keçqurun senatorning Kapitoliy tepaligidagi uyiga yurak xuruji boğliq çaqiruv böyiça tez yordam yetib kelgan. Xabarda bemorning şaxsi oşkor etilmagan.
Grem ilk bor 2002 yilda Senatga saylangan, 20 yildan ortiq vaqt davomida taşqi siyosat va mudofaa siyosatidagi yorqin şaxslardan biriga aylangan. Senatning hozirgi tarkibida u budjet qömitasi raisi bölib işlagan va prezident Donald Trampning muhim ittifoqçisi hisoblangan.
Grem RF hukumatining aşaddiy tanqidçilaridan biri edi va bir neça marta Rossiyaga qarşi sanksiyalar haqidagi qonun loyihalarini muhokamaga kiritgan. 2024 yil fevralida Rosfinmonitoring uni «Ekstremistlar va terrorçilar röyxati»ga kiritgandi.
U, şuningdek, AQŞning qat’iy taşqi siyosati va Amerika qurolli kuçlarini kuçaytiriş tarafdori edi. AQŞ prezidenti Donald Trampning Eron bilan uruş boşlaş qarorida u ham katta rol öynagani aytiladi.
Tramp Truth ijtimoiy tarmoğida şunday yozdi: «Senator Lindsi Grem men tanigan eng buyuk inson va buyuk sanatorlardan biri edi. U doimo çinakam amerikalik vatanparvar bölgan. Lindining yöqligi juda seziladi».
Ukrainadagi naşrlar yozişiça, 10 iyul kuni Grem Kiyevga kelgan va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşgandi.
«Putin Ukrainada töxtamaydi, – degandi Grem 2023 yilda BBC uçun bergan intervyusida. – Ukrainada zaiflik körsatiş esa Tayvanda yutqaziş demakdir».











