Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya yadroviy doktrinasining o‘zgarishini «G‘arbga signal» deb hisoblash kerak - Peskov
U «butun dunyo yaxshi biladigan» Rossiya yadroviy arsenalining tiyib turuvchi rolini alohida ta’kidladi.
Putinning Rossiya yadroviy doktrinasini o‘zgartirish haqidagi taklifi G‘arbga signal va Rossiyaga «ehtimoliy hujum» oqibatlari haqida ogohlantirish sifatida baholanishi kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
U «butun dunyo yaxshi biladigan» Rossiya yadroviy arsenalining tiyib turuvchi rolini alohida ta’kidladi va Rossiya tomoni yadro sinovlariga moratoriyni bekor qilmoqchimi degan savolga javob bermadi.
25 sentabr kuni Putin Rossiya Xavfsizlik kengashining yadroviy masala bo‘yicha yig‘ilishida nutq so‘zladi va Rossiyaning yadroviy doktrinasini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. U taklif qilgan eng muhim o‘zgarish yadroviy kuchga ega bo‘lmagan har qanday davlat tomonidan tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda yadroviy quroldan foydalanish imkoniyati edi.
Bundan tashqari, Rossiya prezidenti endi yadro qurolidan Belarusga tajovuz sodir etilgan taqdirda ham foydalanishi mumkinligini ta’kidladi. U G‘arbni «haroratni doimiy ravishda ko‘tarishda, vaziyatni keskinlashtirishda» aybladi va Rossiya uchun strategik mag‘lubiyat «ming yillik tarixning oxiri» degan ma’noni anglatishini aytdi. Shuning uchun, uning so‘zlariga ko‘ra, «qo‘rqadigan hech narsa yo‘q» va «oxirigacha borish yaxshidir». Putin bu «elementar rasmiy mantiq» ekanligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026