Sport | 22:23 / 27.09.2024
8387
2 daqiqa o‘qiladi

Futzal bo‘yicha JCh-2024 chorakfinal juftliklari ma’lum: Amaldagi chempionni mag‘lub etgan Qozog‘iston endi vitse-chempionga qarshi o‘ynaydi

Foto: Getty Images

Markaziy Osiyo tarixida ilk bor O‘zbekistonda o‘tayotgan FIFAning yirik turnirlaridan biri – futzal bo‘yicha jahon chempionati hal qiluvchi pallasiga kirib bormoqda. Sensatsion natijalar qayd etilgan nimchorakfinalning so‘nggi ikki o‘yini yakunlanib, chorakfinalga chiqqan 8 jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi.

1/8 finalda o‘tkazilgan 8ta o‘yindan keyin turnirda OFKga a’zo Osiyo jamoalari qolmadi. Turnir favoritlaridan biri Eron kutilmaganda Marokashga yutqazgan bo‘lsa, Tailand Fransiyaga mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashdi. O‘z tarixidagi ilk mundialda ushbu bosqichgacha yetib kelishi sensatsiya sifatida baholangan Afg‘oniston esa Paragvay tomonidan turnirdan chiqarib yuborildi.

Nafaqat nimchorakfinal bosqichi, balki turnirdagi asosiy sensatsiya – qo‘shni Qozog‘iston milliy jamoasining amaldagi jahon chempioni Portugaliyani turnirdan chiqarib yuborgani bo‘ldi. Turnir «setka»siga ko‘ra, qozoqlarni yana bir jiddiy sinov kutmoqda – ular chorakfinalda amaldagi vitse-chempion Argentinaga qarshi parketga chiqadi. Braziliyalik legionerlar yetakchiligidagi qo‘shnilarimiz va Argentina o‘rtasidagi Toshkentdagi bahs katta ajiotajga sabab bo‘lishi aniq.

Futzal bo‘yicha JCh-2024 barcha chorakfinal juftliklari bilan tanishing:

29 sentabr, Toshkent

Ukraina – Venesuela

29 sentabr, Buxoro

Braziliya – Marokash

30 sentabr, Toshkent

Qozog‘iston – Argentina

30 sentabr, Buxoro

Fransiya – Paragvay

Yarimfinal. 3-4 oktyabr

3-o‘rin uchun o‘yin. 6 oktyabr

Final. 6 oktyabr.

Mavzuga oid