Jahon | 19:45 / 29.09.2024
9722
2 daqiqa o‘qiladi

Nepalda so‘nggi 50 yillikdagi eng kuchli yomg‘irlar kuzatilmoqda - fotosuratlar

Suv toshqinlari oqibatida yuzdan ortiq kishi halok bo‘ldi.

Nepalda 27-28 sentabr kunlari 1970 yildan buyon eng kuchli yomg‘irlar yog‘ib, ko‘chki va suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Mamlakat poytaxti Katmanduda shanba kuni 240 millimetr yog‘in tushgan — bu butun sentabr oyi uchun normadagidan ko‘p. Shaharning ko‘plab tumanlarini, shuningdek mamlakatdagi boshqa yuzlab aholi yashash manzillarini suv bosgan. Katmandu aholisining katta qismi elektr va aloqadan uzilgan, tabiiy ofat oqibatlarini bartarafda yordam ko‘rsatish uchun armiya jalb etilgan. Rasmiylar hozircha 112 kishi o‘limi haqida xabar berdi, yana o‘nlab kishilar bedarak yo‘qolgan, qutqaruv amaliyoti davomida qurbonlar soni ortishi ehtimoli yuqori.

Gopen Rai / AP / Scanpix / LETA
Sunil Pradhan / Anadolu / Getty Images
Bivas Shrestha / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Prakash Mathema / AFP / Scanpix / LETA
Gopen Rai / AP / Scanpix / LETA
Prakash Mathema / AFP / Scanpix / LETA
Navesh Chitrakar / Reuters / Scanpix / LETA
Subaas Shrestha / NurPhoto / Getty Images
Subaas Shrestha / NurPhoto / Getty Images
Prakash Mathema / AFP / Scanpix / LETA
Prakash Mathema / AFP / Scanpix / LETA
Navesh Chitrakar / Reuters / Scanpix / LETA
Navesh Chitrakar / Reuters / Scanpix / LETA
Narendra Shrestha / EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid