Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar Yerda dinozavrlarning qirilishiga olib kelgan asteroid yolg‘iz bo‘lmaganini aniqladi
Nadir kraterini hosil qilgan asteroidning o‘lchami 450-500 metrni tashkil etgan. Olimlarning hisob-kitobi bo‘yicha, u Yerga soatiga 72 ming kilometr tezlikda kelib urilgan.

Foto: Getty Images
Olimlar bundan 65 million yil oldin Yerga qulab, dinozavrlarning qirilib ketishiga olib kelgan ulkan asteroid yolg‘iz bo‘lmaganini tasdiqladi. Xuddi shu davrda G‘arbiy Afrika qirg‘oqlari yaqinidagi dengizga ikkinchi kichikroq kosmik tosh kelib tushgan va natijada ulkan krater paydo bo‘lgan.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, asteroidning qulashi oqibatida balandligi 800 metrdan oshadigan sunami yuzaga kelgan. Xeriot-Uott universitetidan bo‘lgan doktor Uisdin Nikolson Nadir kraterini ilk bor 2022 yilda aniqlagan edi, ammo uning qanday paydo bo‘lgani bugunga qadar noma’lumligicha qolib kelayotgandi.
Endi doktor Nikolson hamda uning hamkasblari 9 kilometrli o‘ra asteroidning dengiz tubiga qulashi oqibatida hosil bo‘lganini ta’kidlamoqda. Ular mazkur hodisa aynan qachon sodir bo‘lganini yoki u Meksikada 180 kilometrli Chiksulub kraterini hosil qilgan asteroiddan oldin yoki keyin yuz berganini ayta olmaydi. Ammo ularning qayd etilishicha, kichik kosmik tosh dinozavrlar qirilib ketgan Bo‘r davri oxirida paydo bo‘lgan.
«Tasavvur qiling, asteroid Glazgoga urildi, siz esa 50 kilometr uzoqlikdagi Edinburgdasiz. Osmonda Quyoshdan 24 barobar katta ulkan olovli shar paydo bo‘ladi — shuning o‘zi Edinburgdagi daraxt va o‘simliklar yonib ketishiga kifoya qiladi», — deydi Nikolson.
Asteroid urilishi oqibatida taxminan 7 balli zilzilalar ham yuzaga kelgan, dengiz ostidan suv ham atrofga otilib, keyin yana o‘z joyiga qaytgan.
Nadir kraterini hosil qilgan asteroidning o‘lchami 450-500 metrni tashkil etgan. Olimlarning hisob-kitobi bo‘yicha, u Yerga soatiga 72 ming kilometr tezlikda kelib urilgan. Insoniyat tarixida shunga yaqin voqea 1908 yili Tungusda sodir bo‘lgan — o‘shanda Sibir osmoni uzra 50 metrli asteroid portlab ketgandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmon ayollari birinchi forumi o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 08:47
-
RF: Putinning Zelenskiy bilan uchrashuvi yoz oxirigacha yuz bermaydi
Jahon | 08:25
-
BAA O‘zbekiston mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan elektron platformani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 08:24
-
Moskvadagi oliy maktab talabalariga o‘qishni boshqa oliygohlarga ko‘chirish taklif qilindi
Jahon | 07:42
Mavzuga oid

14:20 / 14.05.2025
Bog‘otdagi hodisa: aslida nima bo‘lgan?

09:41 / 14.05.2025
Xorazmdagi uylardan biriga asteroid tushgani rad qilindi

23:01 / 22.04.2025
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi

18:18 / 03.04.2025