Ijtimoiy tarmoqlarda Boğot tumanidagi uylardan biriga asteroid tuşgan bölişi mumkinligi haqidagi videolavha tarqaldi. Unda hodisadan oldin kuçli zarba ovozi eşitilgani aytiladi. Videoda uyning kiriş qismi, ya’ni dahlizi teşilib qolgani va şifti qulab tuşganini köriş mumkin.  

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi rasmiy bayonot berib, xonadonga asteroid tuşganini rad etdi.

Boşqarma bayonotida aytilişiça, 12 may kuni soat 3:39 da Boğot tumani Yuksaliş mahallasidagi uy dahlizining taxminan 10 kv m tom qismi qulagani töğrisida xabar kelib tuşgan. Hodisa sodir bölgan manzilda IIB hamda Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining maxsus laboratoriya xizmatlari tomonidan örganiş işlari olib borilgan. Örganişlar davomida hodisa joyida heç qanday fazo jismlari yoki portlaş xususiyatiga ega moslamalarning qoldiqlari aniqlanmagan. Şuningdek, örganişlarda xonadonda 2 ta propan gazballoni borligi ma’lum bölgan.

Viloyat FVB osmon jismi tuşganini rad etib, hodisaning kelib çiqiş sababini aniqlaş maqsadida maxsus ekspertiza tayinlanganini ma’lum qilgan. Aynan qanday predmetlar ekspertiza uçun olingani xabarda aytilmagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga bildirişiça, dastlabki ma’lumotlarga köra xonadonda propan gaz çaqnaşi sodir bölgan va tartib böyiça ekspertiza tayinlangan. Uy egalari taşqarida uxlaşgani sababli tan jarohati olganlar bölmagan.

Tarmoqlarda tarqalgan yana bir videoda uyning içkari devorlariga deyarli zarar yetmagani, faqatgina şifti teşilib tuşgani körinadi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi buni çaqnaş turliça bölişi, jumladan zarba kuçi pastdan yuqoriga yönalgan bölişi mumkinligi bilan izohladi.

“Hozir mutaxassislar bilan gaplaşdim, portlaş turi ham har xil böladi: çaqnaşda gaz qayerda töplanişiga qarab zarba kuçi yon tomonga yoki osmonga bölişi mumkin. Bu holatda gaz gazballondan sizib çiqqan va xonaga tölgan, keyin çaqnaş bölgan”, deydi vazirlik matbuot kotibi.

Uy egalari osmondan biror jism tuşganini taxmin qilişgan.

«Kosmos-482» qulaşi bilan boğliq bölişi mumkinmi?

10 may kuni Rossiyaning «Kosmos-482» kosmik qurilmasi Hind okeaniga quladi. U hali koinotdaligida taxmin qilingan qulaş nuqtalari orasida Özbekiston hududi ham bölib, buning ehtimoli 0,3–0,5 foizga