Mutaxassislar bahosiga köra, aynan şu diametri ikki metrça bölgan asteroid Yerga juda yaqin — 150 ming kilometr masofadan (Oygaça bölgan masofaning yarmidan kam) ötişi kerak edi.

Hozirda uşbu jism haqidagi ma’lumotlarni köriş maqsadida NASA’ning Laboratoriya reaktiv harakati (JPL) bazaviy katalogiga ham, Yevropa kosmik agentligi (ESA)ning nusxalariga ham kiriş imkonsiz. Katalogdagi ma’lumotlarni yopiş sabablari, şuningdek bunday amaliyot qay darajada keng tarqalgani hozirça noma’lum, deb ta’kidladi IKI RAN Quyoş astronomiyasi laboratoriyasi mutaxassislari.

Şuningdek, NASA katalogiga 2025 US6 indeksi ostida asteroid emas, balki Xitoyning DRO-B kosmik apparati kiritilgan bölişi ham mumkin. Uni 2024 yili Oy atrofidagi orbitaga çiqariş urinişi muvaffaqiyatsiz tugagan, şundan söng yöldoş noaniq trayektoriyaga tuşib qolgan edi. Joriy yil mart oyida uşbu apparat Yer atrofidagi retrograd orbitaga — ya’ni şarqdan ğarbga yönalgan harakatga — ötkazilgan, bu esa Moskva viloyati osmonida kuzatilgan bolid harakati yönalişiga mos keladi.

Agar jismning sun’iy tabiati tasdiqlansa, ma’lum ehtimol bilan gap aynan şu apparat haqida borayotgan bölişi mumkin. Bunday holatda yöldoşning orbitadan sun’iy tarzda tuşirilgan bölişi ehtimoli ham katta.