Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda dehqon xo‘jaligi uchun berilgan 4 gektar yerni 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi va 211-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondor shaxslar protsessual tarzda hibsga olingan.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida dehqon xo‘jaligi uchun berilgan yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 16 sentabr kuni Qashqadaryo IIB tezkor-qidiruv xizmati, JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Qarshi shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Shahrisabz shahrida yashovchi ikki nafar shaxs 2020 yilda Shahrisabz tumani hududidan dehqon xo‘jaligi uchun 30 yil muddatga berilgan 4 gektar yerni 100 ming dollarga sotishini aytib, shundan 126 mln so‘m olayotganda ushlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, ular Samarqand viloyatida yashovchi shaxsga sotayotgan yerlariga issiqxona qurish uchun hujjatlar rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi va 211-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondor shaxslar protsessual tarzda hibsga olingan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026