Fan olimpiadalari g‘olibi olgan pul mukofoti daromad solig‘idan ozod etiladi
O‘zbekistonda 2025 yildan boshlab fan olimpiadalari g‘oliblariga to‘lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda 2025 yildan boshlab fan olimpiadalari g‘oliblariga to‘lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi. Buni nazarda tutuvchi prezident qarori qabul qilindi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab asosiy fan olimpiadalarining hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.
Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarlarini jamoaning natijasiga qarab rag‘batlantirish tartibi joriy etiladi.
2025 yil 1 dekabrgacha xalqaro va mahalliy fan olimpiadalari natijalarining doimiy statistikasini yuritish, onlayn fan olimpiadalarini tashkil qilish va o‘tkazish hamda olimpiadalar ishtirokchilarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini beruvchi elektron platforma yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Hizbulloh» qo‘mondoniga suiqasd, saylovdan mahrum etilgan Le Pen va Harvardni mablag‘dan mosuvo etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 14:28
-
Andijonda Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib yubordi
O‘zbekiston | 14:22
-
Qamchiqda Honda xandaqqa quladi
O‘zbekiston | 13:49
-
Sirdaryoda ag‘darilgan yuk mashinasida qolib ketgan haydovchi qutqarildi
Jamiyat | 13:18
Mavzuga oid

16:07 / 28.02.2025
Qaysi soha vakillari daromadlari oshishini ko‘proq kutyapti?

16:42 / 03.02.2025
O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 896 trln so‘mni tashkil etdi

10:03 / 03.02.2025
“Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi

09:06 / 13.01.2025