SpaceX ilk bor eng og‘ir Starship tashuvchi raketasini yerga muvaffaqiyatli qaytardi
Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi beshinchi marta tarixdagi eng og‘ir Starship raketasini uchirdi.
Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi beshinchi marta tarixdagi eng og‘ir Starship raketasini uchirdi. Sinov davomida kompaniya ilk bor Super Heavy — raketaning ko‘p martalik birinchi pog‘onasi prototipini start maydonchasiga qaytardi. Translatsiya SpaceX’ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali amalga oshirildi.
Starship raketasi Texasdagi Boka-Chika kosmodromidan mahalliy vaqt bilan soat 07:25 da uchirilgan. Super Heavy ko‘p martalik pog‘onasi 74 kilometr balandlikda ajralgan, keyin esa start majmuasiga qaytgan. Uni SpaceX tomonidan shu kabi manyovrlar uchun maxsus yaratilgan Mechazilla minorasi tutib qolgan.
Starship havo kemasining prototipi Yer atrofida bir soatlik aylanishni amalga oshirgandan keyin orbitadan chiqib, Hind okeaniga qulashi kutilmoqda.
Starship loyihasi ommaga 2019 yilda namoyish etilgan. Starship hozirgacha qurilgan eng qudratli va eng baland kosmik kema bo‘lib, 150 tonnagacha yukni ko‘tarishga qodir. Raketa tizimi ikki qismdan iborat: 33 dvigatelli Super Heavy raketasi va Starship kemasi. Starship Yer orbitasidan tashqariga, Oy va Marsga uchish uchun mo‘ljallangan.
Hozirga qadar Starship to‘rt marotaba uchirilgan, ammo sinovlarning faqat ikkitasi — 2024 yil mart va iyundagisi muvaffaqiyatli yakunlangan.
Mavzuga oid
21:20 / 01.01.2025
2024 yilda eng boy 500 kishining boyligi 10 trillion dollardan oshdi
18:21 / 01.01.2025
Ilon Mask saylov kunidan buyon Trampning mulkida yashayotgani ma’lum bo‘ldi
17:46 / 31.12.2024
SpaceX raketasi Starlink interneti uchun sun’iy yo‘ldoshlarning navbatdagi guruhini orbitaga olib chiqdi
16:49 / 31.12.2024