Koinot xaritasining birinchi bo‘lagi namoyish etildi. Atlas «Yevklid» teleskopi yordamida tuzilgan
Koinot atlasida 100 millionga yaqin yulduzlar va 14 million galaktika tasvirlangan. Kosmik apparatning o‘ta sezgir kameralari juda ko‘p miqdordagi obektlarni mayda detallariga qadar tasvirga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Yevropa kosmik agentligining (EKA) «Yevklid» kosmik teleskopi millionlab yulduz va galaktikalar tasvirlangan koinot xaritasining bir qismini yaratishda astronomlarga yordam berdi. Bu haqda agentlik saytida ma’lum qilindi.
Atlasning birinchi bo‘lagi 2024 yilning 25 martidan 8 apreliga qadar tasvirga olingan 260 ta suratdan iborat ulkan mozaika ko‘rinishida. «Yevklid» ikki hafta ichida janubiy osmonning 132 kvadrat gradusini qamrab olgan — bu Oyning to‘liq maydonidan 500 barobarga katta demak.
Koinot atlasida 100 millionga yaqin yulduzlar va 14 million galaktika tasvirlangan. Kosmik apparatning o‘ta sezgir kameralari juda ko‘p miqdordagi obektlarni mayda detallariga qadar tasvirga olishga muvaffaq bo‘lgan. Xarita 600 barobarga kattalashtirilgan taqdirda ham undagi obektlarni tomosha qilish mumkin. To‘plangan ma’lumotlardan koinotning kengayish tezligiga ta’sir ko‘rsatadigan qora materiyani o‘rganishda foydalaniladi.
Ta’kidlanishicha, «Yevklid» teleskopi 10 milliard yorug‘lik yili uzoqlikdagi milliardlab galaktikalarning shakli va harakatini kuzatadi. Shu orqali u hozirga qadar yaratilgan koinotning eng katta uch o‘lchamli xaritasini tuzishga yordam beradi.
«Yevklid» 2023 yilning 1 iyul kuni SpaceX Falcon 9 raketasida kosmosga uchirilgandi. Parvozdan keyingi bir necha oy davomida mutaxassislar ilmiy apparatlarning kalibrovkasi va sinovini o‘tkazgan. «Yevklid» keyingi olti yil davomida osmonning uchdan bir qismini suratga olish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
17:34 / 18.11.2024
Xitoy Oy tuprog‘idan yasalgan g‘ishtlar yordamida u yerda baza qurmoqchi
20:25 / 14.11.2024
Kichik asteroid Yer bilan to‘qnashishdan atigi ikki soat oldin aniqlandi
20:10 / 10.11.2024
XKSda qolgan astronavt keskin vazn yo‘qotmoqda
17:44 / 08.11.2024