Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WhatsApp va Instagram xodimlarini ommaviy ishdan bo‘shatishni boshladi
Sobiq xodimlarning so‘zlariga ko‘ra, ayrim ishchilarga Meta kompaniyasi tomonidan boshqa lavozimga o‘tish yoki kompensatsiya pulini olish taklif qilingan.
Meta WhatsApp, Instagram va boshqa kompaniyalaridagi xodimlarini ishdan bo‘shatmoqda, deb xabar beradi The Verge. Ishdan bo‘shatishlar kompaniya o‘z resurslarini uzoq muddatli strategik maqsadlar va geografik rejalariga muvofiq qayta taqsimlayotgani bilan bog‘liq.
Qayd etilishicha, Meta xodimlarini boshqa ish joylariga ko‘chiradi, ayrimlarining vazifalari o‘zgaradi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, qisqartirishlar davomida xodimlar uchun boshqa muqobil ish o‘rinlarini topishga harakat qilinmoqda.
Manbalarga ko‘ra, ish o‘rinlarining qisqarishi WhatsApp, Instagram va Labs’ga taalluqli. Threads dasturchilari, shuningdek, Facebookʼning kadrlar bo‘limi, yuridik va dizaynerlik bo‘limlari xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarining ishdan bo‘shatilgani haqida postlar qoldirgan.
Meta’ning Tech Crunch jurnalistlariga ma’lum qilishicha, Threads’dagi kadrlar va yuridik bo‘limlar xodimlari ishdan bo‘shatilmagan. Qaysi bo‘lim va qancha xodim qisqartirishga tushganiga oydinlik kiritilmagan.
Sobiq xodimlarning so‘zlariga ko‘ra, ayrim ishchilarga boshqa lavozimga o‘tish yoki kompensatsiya pulini olish taklif qilingan. Ulardan birining aytishicha, o‘zi faoliyat yuritgan bo‘limning o‘ndan ortiq xodimi ishdan bo‘shatilgan.
Mavzuga oid
18:27 / 08.05.2026
O‘zbekistonliklarning xorijiy bigtex kompaniyalar pulli xizmatlaridan foydalanishi 80 foizga oshdi
08:04 / 08.05.2026
Instagram «Buyuk tozalash»ni o‘tkazdi: millionlab soxta obunachilar o‘chirildi
23:23 / 27.04.2026
Xitoy Meta’ning Manus startapini sotib olish bo‘yicha 2 milliard dollarlik bitimini to‘xtatdi
22:41 / 18.04.2026