Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Ukrainada yadroviy qurol paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Rossiya prezidentining aytishicha, yadroviy qurolni yaratish imkoniyati haqidagi bayonot «xavfli provokatsiya» bo‘lib, Kiyev tomonidan bu boradagi har qanday harakatga «tegishli javob qaytariladi».
Rossiya Ukrainada yadroviy qurol yaratilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda RF prezidenti Vladimir Putin BRIKSga a’zo davlatlarning yetakchi OAV rahbarlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
«Bunday tahdidga RF tomonidan tegishli javob beriladi. Hozirdanoq aytishim mumkinki, Rossiya har qanaqa sharoitda ham bunga yo‘l qo‘ymaydi. Ukrainaning hozirgi siyosiy rahbariyati bu haqida bir necha bor inqiroz qaynoq fazaga o‘tishidan oldin ham gapirgan. Ular o‘shandayoq Ukraina yadroviy qurolga ega bo‘lishi kerakligini ma’lum qilishgan», — deydi Putin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yadroviy qurolni yaratish imkoniyati haqidagi bayonot «xavfli provokatsiya» bo‘lib, Kiyev tomonidan bu boradagi har qanday harakatga «tegishli javob qaytariladi».
«Zamonaviy dunyoda yadroviy qurolni yaratish qiyin emas. Ukraina hozirda buni amalga oshirish imkoniyatiga egami yoki yo‘q, men bilmayman, hozirgi Ukraina uchun bu oson emas. Ammo umuman olganda, bu borada katta qiyinchilik yo‘q», — deydi Putin.
Shuningdek, uning ta’kidlashicha, Saudiya Arabistoni Ukrainadagi mojaroni tartibga solish uchun qulay maydoncha hisoblanadi. Davlat rahbari yana bir bor RF «Istanbul kelishuvlari» bazasida muzokaralar olib borishga tayyorligini ma’lum qildi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uning so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilinganini aytgandi. Kiyev NATOga a’zo bo‘lishga intilmoqda, yadroviy qurol yaratish niyatida emas.
«Ba’zida o‘zimizga o‘zimiz muammo yaratamiz va hozir siz aynan shu ishni qilishni boshladingiz. Biz hech qachon yadroviy qurol yoki shunga o‘xshash narsa yaratishga tayyorlanayotganimizni aytmaganmiz», — deydi davlat rahbari.
Mavzuga oid
09:55 / 07.07.2026
Ryutte: NATO Ukrainaga yordamni davom ettirishi shart
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026