Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Ukraina harbiy asirlar, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarining jasadlarini almashdi
Asirlikdan qaytarilgan rossiyalik harbiylarning barchasi Belarusda bo‘lib, ularga psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi 18 oktyabr kuni muzokaralar natijasida Ukraina nazorati ostida bo‘lgan hududlardan 95 nafar harbiy xizmatchi qaytarilganini ma’lum qildi. O‘z navbatida xuddi shuncha harbiy asir Ukrainaga topshirilgan.
Qayd etilishicha, qaytarilgan rossiyalik harbiylarning barchasi Belarusda bo‘lib, ularga psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Keyinchalik ular RF Mudofaa vazirligi tibbiyot muassasalarida davolanishi va reabilitatsiyasidan o‘tishi uchun Rossiyaga yo‘natiriladi.
Rossiya tomonining ta’kidlashicha, muzokaralarda BAA ishtirok etgan. Ukraina hukumati hozircha asirlar almashinuvi bo‘yicha biror ma’lumot bermadi.
Shuningdek, Ukraina hukumati halok bo‘lgan 501 nafar harbiy xizmatchining jasadlarini qaytarib olgan (https://t.me/Koord_shtab/8611). Ularning 382 nafari Avdeyevka yo‘nalishidagi janglarda halok bo‘lgan.
Ukrainaning «Topishni istayman» loyihasiga ko‘ra, Rossiya halok bo‘lgan 89 harbiy xizmatchining jasadini qayatib olgan. Ushbu jasadlarning aksariyati ukrain qidiruv guruhlari tomonidan Kursk oblastidan topilgan.
Rossiya va Ukraina bundan oldin 14 iyun kuni halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning jasadlarini almashgandi. Davlat dumasi deputati Shamsail Saraliyevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi urushida halok bo‘lgan 32 askar jasadi Rossiyaga qaytarilgan. O‘z navbatida, Ukrainadagi harbiy asirlarni davolash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab ukrainalik himoyachilarning 254 jasadi qabul qilib olinganini e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026