Rossiyaliklar orasida YouTubeʼning sekinlashuvi rekord darajada xavotir uyg‘otayotgani ma’lum bo‘ldi
RFda «Milliy tashvish indeksi» hisoboti e’lon qilindi. Unga ko‘ra, oxirgi uch oyda rossiyaliklar orasida eng ko‘p qo‘rquv uyg‘otayotgan holatlar qatoridan YouTubeʼning o‘chirib qo‘yilishi ham o‘rin oldi.

Foto: Dmitriy Belitskiy
Oxirgi uch oyda rossiyaliklar orasida eng ko‘p qo‘rquv uyg‘otayotgan holatlar qatoridan YouTubeʼning o‘chirib qo‘yilishi ham o‘rin oldi. Bu haqda «Milliy tashvish indeksi» hisobotida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, Rossiya fuqarolari hozirda eng ko‘p Kursk oblastidagi vaziyatdan tashvishda. «KROS» kommunikatsiya kompaniyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, mazkur mavzu bo‘yicha «Tashvish indeksi» 846,5 mediayungga teng, «Hafagarchilik indeksi» esa 1,2 ni tashkil etmoqda. Odamlarni jangovar harakatlar bilan birga, uning oqibatlari xavotirga solmoqda: aholi evakuatsiyasi va infratuzilmaning yakson etilishi. Shu bilan birga, hisobotda aytilishicha, Ukraina Qurolli kuchlarining tezkor hujumi va Rossiyada yangi safarbarlik to‘lqini borasidagi qo‘rquv o‘z dolzarbligini yo‘qotgan.
Qo‘rquv darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni YouTube bilan bog‘liq muammolar egalladi. Bunda «Tashvish indeksi» 459,9 mediayungni tashkil etgan, ammo «Hafagarchilik indeksi» 9,2 ga yetgan — bu nafaqat joriy yilning uchinchi choragi bo‘yicha, balki 2019 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan tadqiqot tarixidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur holatga bog‘liq voqealar OAVdan ko‘ra to‘qqiz barobar ko‘proq muhokama qilingan.
Uchinchi o‘rinni noqonuniy migratsiya muammosi egalladi: «Tashvish indeksi» — 253,3 mediayung, «Hafagarchilik indeksi» — 2,7. Ekspertlar bu boradagi tashvishlarni Rossiya Davlat dumasining migrantlar ustidan nazoratni kuchaytirish borasidagi tashabbusi bilan bog‘lamoqda. Odamlar ushbu choralarning samaradorligiga shubha bildiryapti.
Shuningdek, kutilmagan tashvish manbalari orasidan yoshlar o‘rtasidagi kvadrober submadaniyati va «chayldfri propagandasiga» taqiq o‘rin olgan. Kvadroberlar rossiyaliklarda o‘z-o‘zidan qo‘rquv uyg‘otmoqda, chayldfri taqiqi esa davlatning shaxsiy hayotga haddan ortiq aralashuvi bilan xavotir tug‘diryapti.
«Rostelekom» va Duma deputatining YouTube’dagi uzilishlar haqida ogohlantirishi
Iyul oyi o‘rtalarida «Rostelekom» operator tarmoq infratuzilmasida foydalaniladigan Google uskunasi ishlashidagi texnik nosozliklar tufayli Rossiyadagi foydalanuvchilar uchun YouTube'dagi ehtimoliy uzilishlar haqida ogohlantirgan edi. «Rostelekom» aytib o‘tgan Google Global Cache tizimi og‘ir ma’lumotlarni yuklashni tezlashtirishga imkon beradi. ComNews Research ixtisoslashgan nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil boshida Rossiya Federatsiyasida faoliyat ko‘rsatayotgan 700 ta shunday serverdan 2023 yil oxiriga kelib atigi 450 tasi qolgan. Bozor ishtirokchilari uskunaning tabiiy eskirishi haqida ogohlantirgan.
Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteyn 25 iyul kuni Rossiya rasmiylari yaqin kunlarda YouTube ishini sekinlashtira boshlashini aytdi. Parlament a’zosining so‘zlariga ko‘ra, avgust oyi boshiga borib, xizmatni ish stoli kompyuterlariga yuklab olish tezligi 70 foizga tushadi. Biroq, sekinlashuv hali saytning mobil versiyasiga ta’sir qilmaydi, deb ishontirdi Xinshteyn. Deputat bu chorani Rossiya rasmiylarining «majburiy qadami» deb atadi. U YouTube'ni Rossiya qonunchiligini mensimaslikda aybladi va servis vakillarini videoxosting siyosatini o‘zgartirishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Barselona" va "PSJ" qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi
Sport | 01:53
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
O‘zbekiston | 01:32
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
Mavzuga oid

17:41 / 14.04.2025
YouTube qisqa videolarni o‘z o‘ziga taqiqlash funksiyasini sinovdan o‘tkazadi

16:59 / 14.04.2025
«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi

14:07 / 14.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

10:30 / 14.04.2025