Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy BMT bosh kotibini Kiyevda qabul qilishdan bosh tortdi
Bunga Antoniu Guterrish 23 oktyabr kuni Qozonda o‘tkazilgan BRIKS sammitiga tashrif buyurib, Vladimir Putin bilan uchrashgani sabab bo‘lgan.
Foto: AP
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning Qozondagi BRIKS sammitidagi ishtiroki uchun Kiyevga tashrifini rad etdi. Bu haqda AFP agentligi Zelenskiy ofisiga tayanib xabar berdi.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Qozondan keyin Guterrish Ukrainaga borishni istagan, ammo Zelenskiy uning tashrifiga tayyorgarlikni tasdiqlamagan. «Shu bois Guterrish bu yerda bo‘lmaydi, xususan, Qozonda sog‘lom fikr va xalqaro qonunlar kamsitilgani uchun», — deydi AFP manbasi.
Ukraina prezidenti ofisi Guterrishninn Kiyevga tashrifi bekor qilinganiga rasman izoh bermadi. BMT ham mazkur holat bo‘yicha biror munosabat bildirmadi.
Antoniu Guterrish 23 oktyabr kuni Qozonda o‘tkazilgan BRIKS sammitiga tashrif buyurdi va Vladimir Putin bilan uchrashdi. BMTning rasmiy press-relizida ta’kidlanishicha, Guterrish «Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi BMT nizomi va xalqaro huquqni buzish ekanini tasdiqlagan» va muzokaralar o‘tkazilishini «to‘liq qo‘llab-quvvatlagan». Ammo sammitdagi chiqishi davomida Guterrish Rossiya tomonidan xalqaro huquqning buzilishi haqida biror gap aytmagan.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Guterrishning BRIKS sammitiga tashrifini qoralab, u Shveytsariyadagi birinchi tinchlik sammitida ishtirok uchun Kiyev taklifini rad etgani, biroq «harbiy jinoyatchi Putindan» Qozonga taklifni qabul qilganini bildirdi. «Bu tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashmaydigan noto‘g‘ri tanlov», — deyiladi TIV bayonotida.
Mavzuga oid
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
12:05 / 11.02.2026
AQSh Yevropadan Ukraina uchun yangi qurol xaridlarini kutmoqda
11:59 / 11.02.2026
Klichko: Kiyevda qariyb 1400 ta uy issiqliksiz qolmoqda
09:48 / 11.02.2026