Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasi Davlat çegarasiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasi rejimi töğrisidagi nizom tasdiqlangan bölib, u Davlat çegarasini jihozlaş, Davlat çegarasini şaxslar va transport vositalari tomonidan kesib ötiş, u orqali tovarlarni olib ötiş, çegarada xöjalik faoliyatini hamda boşqa faoliyatni amalga oşiriş, şuningdek, çegaraviy mojarolarni hal etiş tartibini belgilaydi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi hududida çegara rejimi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Nizom çegara zonasiga kiriş (undan çiqiş), undan ötiş, u yerda böliş (yaşaş), harakatlaniş, xöjalik faoliyatini hamda boşqa faoliyatni amalga oşiriş tartibini belgilaydi.
Çegara zonasida doimiy yaşaydigan şaxslar çegara zonasi doirasida röyxatga oliş varaqasini olmasdan harakatlanişi mumkin. Çegara zonasida doimiy yaşamaydigan va 5 kundan ortiq muddatga keladigan fuqarolar içki işlar organlari tomonidan beriladigan röyxatga oliş varaqasini olişlari şart. Buning uçun ular profilaktika inspektori yoki mahalla fuqarolari yiğini raisiga murojaat etişlari lozim.
Röyxatga oliş varaqasining amal qiliş muddati – bir oy. Uning şakli bilan şu yerda tanişiş mumkin.
Çegara zonasida joylaşgan aholi punktlariga xizmat safariga yuboriladigan şaxslar ularning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar va xizmat safari hujjatlariga ega bölişlari lozim.
Çegara zonasida joylaşgan sanatoriy, dam oliş uylari, pansionatlar, turistik bazalar va boşqa davolaş-soğlomlaştiriş muassasalariga boradigan fuqarolar uşbu zonada şaxsni tasdiqlovçi hujjatlar, sanatoriy va turistik yöllanmalar yoki uşbu muassasalar tomonidan beriladigan ma’lumotnomalar böyiça böladilar.
Bolalar çegara zonasida joylaşgan dam oliş oromgohlari va bolalar uçun boşqa muassasalarda yöllanmalar asosida böladi. Uşbu muassasalardagi bolalarning ota-onalari farzandlarini köriş uçun çegara zonasida şaxsni tasdiqlovçi hujjatlar asosida 5 kun davomida böladilar.
















