Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida oktyabr oyining eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topildi
O‘zbekiston milliy jamoasining 20 yoshli himoyachisi Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida ilk shaxsiy sovriniga ega chiqdi.

Foto: Isosport/Getty Images
O‘zbekistonlik futbolchi Fransiya chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topildi. O‘tgan haftada Liga1 divizioni rasmiy sayti oyning eng yaxshi yosh o‘yinchisi nomi uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qilgan va Abduqodir Husanov uch nafar nomzod orasidan joy olgandi.
G‘olibni aniqlash uchun Fransiya chempionatining «tvitter»dagi rasmiy sahifasida so‘rovnoma o‘tkazildi va yakunda Abduqodir Husanov eng ko‘p ovoz to‘plab, Fransiya chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi yosh o‘yinchisiga aylandi. U bu borada «Marsel»ning 21 yoshli hujumchisi Jonatan Rou va «Lion»ning 19 yoshli forvardi Malik Fofanani ortda qoldirgan.
Abdukodir Khusanov 🫡🇺🇿 pic.twitter.com/0j146Ot7ai
— Ligue 1 McDonald's (@Ligue1) November 6, 2024
Avvalroq, «Lans»ning o‘zbekistonlik himoyachisi klubida ham oy laureatiga aylangandi.
Ma’lumot uchun, Husanov joriy mavsum klubi safida jami 12 o‘yinda maydonga tushdi. U so‘nggi turda «PSJ»ga qarshi bahsda (0:1) Ashraf Hakimiga nisbatan qo‘polligi uchun maydondan chetlatilgandi. Shu tariqa, u kelasi turda maydonga tusha olmaydi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident administratsiyasida qator o‘zgarishlar ro‘y berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 24.06.2025
-
Surxondaryo viloyati FVBga yangi boshliq tayinlandi
O‘zbekiston | 23:30 / 24.06.2025
-
Urush kundaligi: Isroil vayronalari
Jahon | 23:23 / 24.06.2025
-
AQSh O‘zbekiston fuqarolarining viza arizalarini qariyb 65 foizini rad etdi
Jahon | 23:12 / 24.06.2025
Mavzuga oid

20:34 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?

18:11 / 14.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh boshlanmoqda: unda kimlar ishtirok etadi?

20:39 / 28.05.2025
Abduqodir Husanov uylandi

23:01 / 17.05.2025