JÇda 8-kun. Husanov operatordan uzr söradi, Şveytsariyada yangi yulduz porladi
|19:53 / 19.06.202616 25613 min
Ikkinçi tur start oldi: pley-offning ilk iştirokçisi ma’lum.
2026 yilgi jahon çempionatida guruh bosqiçining ikkinçi tur uçraşuvlari boşlandi: dastlabki öyinda Çexiya va JAR oçkolarni bölişib olişdi (1:1), Şveytsariyaning zaxiradan tuşirilgan yoş futbolçisi Bosniya va Hersegovinaga qarşi öyinni hal qildi (4:1), Kanada Qatar darvozasiga istagança gol urdi (6:0), Meksika esa Janubiy Koreyani mağlub etib (1:0), pley-off masalasini hal qilgan ilk jamoaga aylandi.
Maydondan taşqarida ham şov-şuvli voqealar davom etmoqda – 40 yoşli darvozabon Manuel Noyyer Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaşi haqida e’lon qildi, Neymar hali Braziliya tarkibiga qayta olmayapti, Angliya milliy jamoasi ustozi Tomas Tuhel esa fotomuxbirlar ustidan şikoyat qildi.
Meksika hal qildi
Meksika – Janubiy Koreya 1:0
Gol: Romo, 50 (1:0)
Meksika: Ranhel, Alvares, Vaskes, Galyardo, Sançes, Lira, Romo (Pineda, 71), Guterres (Vargas, 71), Kiniones (Uerta, 84), Alvarado (Reyyes, 80), R. Himenes (S. Himenes, 80)
Janubiy Koreya: Kim Sin Gyu, Kim Min Je, Li Gi Hek, Li Hang Bem, Hvang In Bom, Pek Sin Ho (Guye Son Ço, 77), Sol Yen U (Yem Ji Sun, 71), Kim Mun Hvang (Hyun Jun Yan, 71), Li Je Son (Hvang Hi Çhang, 57), Li Kan In, Son Heung Min (Hon Gu O, 57)
Ogohlantirişlar: Li Kan In, 4. Pek Sin Ho, 58
Janubiy Koreya va Meksika turnirni ğalaba bilan boşlagandi, ammo ularning özaro uçraşuvini yorqin keçdi deyiş qiyin. Birinçi bölim davomida darvoza sohasiga töğri borgan bittagina zarba böldi.
Ikkinçi bölim boşida osiyoliklar darvozaboni öz jamoasi himoyaçisi bilan töqnaşib ketib, töpni qöldan çiqarib yubordi va Romo böş darvozani osonlik bilan hisobni oçdi.
Öyinning qolgan qismini janubiy koreyaliklar faolroq ötkazişdi va qator vaziyatlarga ega bölişdi, öyin oxirlarida meksikaliklar darvozaboni Jo Gu Sonning yaqin masofadan yöllagan zarbasini qaytardi.
Mavzuga oid
Yana bir vaziyatda esa Edson Alvares darvoza töriga kirib ketayotgan töpni töxtatib qoldi. Yakunda Romoning goli yagonaligini saqlab qoldi.
Bu natija evaziga turnir mezbonlari 2026 yilgi jahon çempionatining pley-off masalasini hal qilgan ilk jamoasiga aylandi: ikki turdan keyin Meksika A guruhida 6 oçko bilan peşqadam bölib olgan.
Birinçi turda Şveytsariya bilan öyinda durangga erişgan (1:1) Qatar darvozasiga bu safar tepilgan töpning barçasi kirib ketaverdi. Dastlab Kayl Larin va Jonatan Devid 29-daqiqaga kelib hisobni qulay körinişga keltirdi, köp ötmay Hulen Lopetegi şogirdlari Homam Ahmadning jarima maydoni yaqinidagi qöpolligi tufayli ön kişi bölib qolişdi, birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Devid yana bir goli bilan hisobni yiriklaştirdi – 3:0.
Lekin kanadaliklarga jahon çempionatidagi ilk ğalaba (şimoliy amerikaliklar oldingi ikki turnirdagi olti öyinda ham yutqazgandi) unçalik tatimadi: ikkinçi bölim boşlarida Qatar himoyaçisi Assim Madibo töpni olib qöyişga urinib, Ismoil Konening oyoğiga ortdan zarba berdi va unga ham qizil kartoçka körsatildi. Öyin olti daqiqadan vaqt mobaynida töxtab qoldi, bu vaqtda tibbiyot xodimlari jabrlangan futbolçiga yordam körsatişdi, ikki jamoa futbolçilari va murabbiylar ştabi vakillari esa dahanaki jangga kirişişdi.
Öyindan keyin jurnalist Fabritsio Romano ma’lumot berişiça, Konega «çap oyoq kiçik va katta boldir suyaklari sinişi» taşxisi qöyilgan.
Ismoil Kone oyoği sinib, maydonni zambilda tark etmoqda
Timothy Matwey / THE CANADIAN PRESS / Scanpix / LETA
Mezbonlar bu epizoddan keyin raqibga umuman şafqat qilişmadi va yana uçta gol urişdi – 6:0. Devid het-trik rasmiylaştirdi, Natan Saliba jarima zarbasini golga aylantirdi va bu golini Konening familiyasi yozilgan futbolkani kötarib nişonladi.
Birinçi turda şveysarlar barça jabhalarda katta ustunlikka erişgan (Xg böyiça 3,25), ammo vaziyatlardan foydalana olmagan va sönggi daqiqalarda gol ötkazib yuborib, oçko yöqotgandi (1:1). Ikkinçi turda esa bu omadsizlik uçun jamoa öziga xos tarzda kompensatsiya oldi.
Bosniya va Hersegovina bilan öyin maksimal darajada zerikarli keçdi. 74-daqiqagaça tabloda nollar yonib turdi. Keyin esa barçasi tezlaşib ketdi: «Frayburg»ning 20 yoşli yarimhimoyaçisi Joan Manzambi zaxiradan öyinga qöşilganidan ikki daqiqa ötib hisobni oçdi, bosniyaliklar esa biroz ötib son jihatdan ozçilik bölib qolişdi va öyin oxirigaça yana uçta gol ötkazib yuborişdi. Jumladan, jamoa sardori, 33 yoşli Granit Jaka qöşimça daqiqalarda penaltidan yakuniy hisobni örnatdi va goldan keyin tribunalar qarşisiga borib, jamoani tanqid qilganlarga qarata jim böliş işorasini körsatdi.
Bosniya va Hersegovina esa bu oraliqda törtta golga bittagina gol bilan javob qaytardi. Lekin bu öyindagi eng çiroyli gol böldi – zaxiradan öyinga qöşilgan Ermin Mahmiç havodagi töpni töxtatmasdan zarba yölladi. Faqat bu golning çiroyidan naf yöq: bolqonliklar yirik mağlubiyatdan keyin amalda guruhdan çiqiş imkoniyatini yöqotdi.
Çexlar va janubiy afrikaliklar öyini qaysidir ma’noda «omadsizlar dueli»ga aylandi – ikki jamoa ham birinçi turda yutqazgandi va amalda bu ikki jamoa öyinida turnirni birinçi bölib tark etadigan jamoa aniqlanişi kerak edi.
Şu bilan birga, Çexiyada imkoniyat yaxşiroq edi – bu jamoa Janubiy Koreyaga qarşi öyinda (1:2) yaxşiroq köringan va ança vaqt hisobda oldinda borgan edi. Afrikaliklar esa, yumşoq qilib aytganda, Meksikaga qarşi öyinda (0:2) juda ojiz körinişgan, şu tufayli ular Yevropa jamoasiga qarşi yaxşiroq öynaşini tasavvur qiliş qiyin edi.
Avvaliga bunday prognoz amalga oşayotgandi: çexiyaliklar safida Mixal Sadilek 6-daqiqadayoq aut taşlaş orqali boşlangan hujum yakunida hisobni oçdi. Ular turnir oldidan bunday işlanmani juda köp maşq qilişgani tayin – koreyaliklar darvozasi ham şunday uslubda işğol etilgandi.
Ammo şundan keyin Miroslav Koubek şogirdlari öyinni taşlab yuborişdi va qolgan vaqtni himoyada ötkazişdi. Afrikaliklar esa barça pozitsiyalardan hujum uyuştirib, öyin oxiriga kelib penalti işlaşdi. Jamoa yetakçisi Teboxo Mokoena 11 metrdan aniq zarba berib, şundan keyin muxlislar boşqa gol körişmadi. Demak, A guruhida qolib ketadigan jamoa(lar) nomi faqat sönggi turda aniq böladi.
Husanov uzr söradi
Özbekiston terma jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanov Kolumbiyaga qarşi Jahon çempionati öyinida jarohat olgan operatorga dastxati va «I am sorry» («Keçirasiz») degan yozuvi tuşirilgan futbolkasini yubordi.
Hodisa payşanba kuni bölib ötgan «K» guruhi öyinining birinçi bölimida sodir bölgan. «Mançester Siti»ning 22 yoşli futbolçisi maydon çetida Kolumbiya terma jamoasi hujumçisi Luis Dias bilan töp uçun kuraşişga urinayotib, translatsiya kamerasi operatori bilan töqnaşib ketgan edi. Operatorga tibbiy yordam körsatilib, şifoxonaga olib borilgan.
🚨🇺🇿 Khusanov’s tackle obliterates Luis Diaz and the cameraman. 😱⚽ Camera worth thousands of dollars destroy with the operator needing medical attention🚑💥 pic.twitter.com/LxftcZkBIy
Keyinroq Özbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari jabrlanuvçini borib kördi va unga Husanovning dastxati tuşirilgan futbolkani topşirdi. Futbolçi ham operatorga tezroq soğayib ketişini tilagan.
Neymar davolanişda davom etmoqda
Neymarning muxlislari hali yana kutişiga töğri keladi – Braziliya milliy jamoasi 34 yoşli forvard jarohatidan tiklaniş jarayonini davom ettirayotgani tufayli Haitiga qarşi öyinda qatnaşa olmasligini ma’lum qildi. Futbolçi jamoa bilan Filadelfiyaga yöl olmagan va Nyu Jyersidagi bazada qolgan.
Neymarning JÇ uçun yakuniy tarkibga kiritilgani köpçilikning e’tiroziga sabab bölgandi – futbolçi sönggi oylarni köproq maydonda emas, lazaretda ötkazgandi. U JÇ birinçi turida Marokaşga qarşi öyinni (1:1) ham ötkazib yuborgandi, şu tufayli uning örniga boşqa futbolçini mundialga olib ketmagan Karlo Ançelottiga savollar köpaygandan köpaymoqda.
Noyyer milliy jamoadan ketadi
2026 yilgi jahon çempionati eng qayğuli mundiallardan biri sifatida tarixda qoladi: turnir köpçilik buyuk futbolçilar uçun oxirgisi bölib qolmoqda. Kimdir hozirça öz qarorini sir tutmoqda, kimdir esa bu haqda rasman e’lon qilmoqda – masalan, Germaniya milliy jamoasi posboni Manuel Noyyer.
«Bu mening Germaniya milliy jamoasidagi sönggi turnirim böladi, ikki yildan keyin Yevropa çempionatida iştirok etişni rejalaştirmayapman. Xayrlaşiş va bu sönggi öyinim bölişi haqida öylamasdan, har bir öyinni intiqlik bilan kutişni xohlayman», – deya ma’lum qildi 40 yoşli darvozabon.
Tuhel fotograflardan norozi
Tomas Tuhel jahon çempionatini öta kuçli boşladi – inglizlar Xorvatiyani 4:2 hisobida mağlub etişdi. Germaniyalik mutaxassis öyindan keyin öz futbolçilarini maqtovlarga kömib taşladi. FIFAga esa e’tiroz bildirdi – öyindan oldin milliy madhiya ijro etilayotganida fotomuxbirlar uning qarşisida turib olib, körinişni tösib qöygani unga umuman yoqmadi.
«FIFAdan ularni qayergadir köçirişni iltimos qilaman. Madhiya ijro etilayotgan paytda futbolçilarni köra olmasdim... Garçi bu lahzani kutgan bölsam-da. Bu özgaça oqşom böldi, lekin men 50 nafar fotosuratçi tufayli yigitlarimni köra olmadim», – degan Tuhel.
Xalqaro futbol federatsiyasi hozirça uning sörovi böyiça munosabat bildirmadi.
Superkompyuter taxmini
Opta tahlil portali versiyasiga köra, birinçi turdan keyin fransuzlar – 2026 yilgi jahon çempionligi uçun asosiy favoritlar bölib turibdi. Superkompyuter Dide Deşam jamoasi imkoniyatlarini 15,7 foizga baholagan – bu ikkinçi örinni bölişib turgan Angliya va Argentina (12,3 foiz)nikidan biroz yuqoriroq. Uçinçi örinda Ispaniya (12,1 foiz) joylaşgan.
E’tiborli tomoni, turnir startidan oldin Opta aynan ispanlarni asosiy favorit sifatida körayotgandi. Ammo ispanlar uçun birinçi tur muvaffaqiyatsiz keçdi va jamoa Kabo-Verdeni mağlub etolmadi (0:0). Fransiya, Angliya va Argentina esa turnirni muvaffaqiyatli boşlaşdi.
19-20 iyun kungi öyinlar
20 iyunga ötar keçasi va tongda quyidagi qiziqarli uçraşuvlar bölib ötadi: