Rossiyalik hakerlar Yevropa sun’iy yo‘ldoshlariga hujum qilmoqda
Niderlandiya va yana bir nechta davlat, jumladan, Ukraina ham RFning bu kabi harakatlari ustidan Xalqaro elektr aloqalari ittifoqiga shikoyat qildi.
Rossiya oxirgi bir necha oy ichida Yevropa davlatlariga tegishli kamida oltita sun’iy yo‘ldoshga hakerlik hujumlarini amalga oshirdi. Ularning to‘rttasi Fransiyaning Eutelsat kompaniyasiga, bittasi esa Lyuksemburgning SES kompaniyasiga tegishli.
Qayd etilishicha, rossiyalik hakerlar Yevropa sun’iy yo‘ldoshlarini buzib kirib, ularning signallarini bloklayapti yoki tashviqot videolarini to‘sib qo‘ymoqda.
Hakerlik hujumlarining oxirgisi noyabr boshida, birinchi esa o‘tgan bahorda sodir bo‘lgan — o‘shanda BabyTV bolalar telekanalining Niderlandiya va boshqa Yevropa davlatlaridagi efiri kutilmaganda Rossiya propagandasi, jumladan, vatanparvarlik konsertlari kadrlari bilan to‘sib qo‘yilgan. Shu kuni bunday holat Ukrainaning FreedomTV telekanali bilan ham yuz bergan.
Har ikki telekanal ham Fransiyaning Eutelsat kompaniyasiga tegishli sun’iy yo‘ldoshdan foydaladi. Niderlandiyalik jurnalistlarga ko‘ra, RFga aloqador hakerlar sun’iy yo‘ldosh signalini tutib olgan va uni yanada kuchlirog‘iga almashtirgan. Bu kabi hujumlar mart oxiri va aprel o‘rtalarida ham amalga oshirilgan, Rossiya propaganda roliklari yana BabyTV efirida paydo bo‘lgan.
Keyinroq Rossiya Yevropa sun’iy yo‘ldoshlariga qarshi hujumni signallarni to‘sib qo‘yish bilan cheklanmay, ularni foydalanish uchun yaroqsiz holatga olib kelgan. Zarar ko‘rgan sun’iy yo‘ldoshlar nafaqat televizion signallarni uzatadi, balki ular hukumat, hatto harbiy aloqa tizimilariga ham xizmat ko‘rsatadi.
Niderlandiya va yana bir nechta davlatlar, jumladan, Ukraina ham RFning bu kabi harakatlari ustidan Xalqaro elektr aloqalari ittifoqi (XEAI) — sun’iy yo‘ldosh kommunikatsiyalarini nazorat qiluvchi BMT tashkilotiga shikoyat qildi. Tashkilotning sobiq xodimi Lilian Jantiga ko‘ra, BMTda Rossiya hujumlarini to‘xtatish imkoniyati yo‘q. Rossiya XEAIning shikoyatiga javoban o‘zining ushbu hujumlarga aloqasi yo‘qligini bildirdi.
Mavzuga oid
23:17 / 15.11.2024
Rossiyada «o‘lik jonlar»ni urushga yuborgan «voyenkomat» xodimlari qo‘lga olindi
20:48 / 15.11.2024
Tramp va Rossiya: «sevgi tariximi» yo siyosiy o‘yin?
17:51 / 15.11.2024
Rossiyaning Samara oblastida migrantlar uchun patent narxi 1,5 baravar oshirildi
16:52 / 15.11.2024