Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YouTube uzun videolarni ko‘rishning Shorts’ga o‘xshash formatini ishga tushiradi
Hozirda Android foydalanuvchilarining kichik guruhi yangi formatni testdan o‘tkazmoqda. Yangilikka ko‘ra, sahifa yuqoriga siljitilganda avtomatik ravishda qo‘yiladigan navbatdagi video paydo bo‘ladi.
YouTube videoservisi uzun videolarni tomosha qilishning Shorts’ga o‘xshash yangi formatni testdan o‘tkazmoqda.
Qayd etilishicha, sahifa yuqoriga siljitilgandan keyin avtomatik ravishda qo‘yiladigan navbatdagi video paydo bo‘ladi. Mazkur yangilik yangi kontentni tavsiya qilish tizimini joriy etishga oid eksperiment doirasida sinovdan o‘tkazilyapti.
YouTubeʼdagilarga ko‘ra, «Android foydalanuvchilarining kichik guruhi test jarayonlarida qatnashmoqda, bu ularga yangi videolarni to‘liq ekranda ham, portret rejimida ham qo‘yish uchun sahifani uchun yuqoriga surish imkonini beradi».
Yangi funksiya YouTubeʼdagi kontent tomosha qilishga yondashuvni o‘zgartirishi mumkin. Hozir foydalanuvchi sarlavha va muqovadan, shuningdek, tavsiya va obunalaridan kelib chiqib, video tanlaydi.
Shorts qisqa roliklarida esa foydalanuvchilar yangi video ko‘rish uchun lentani yuqoriga surishi kifoya. Bunday format foydalanuvchi harakatini minimallashtiradi va ancha samarador hisoblanadi, chunki u algoritmga foydalanuvchi afzal ko‘rgan kontentga tezroq moslashish imkonini beradi. Ammo bu YouTube formatini ekotizim sifatida o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda YouTube videoxostingi Xitoyning TikTok ilovasiga raqobatchi sifatida Shorts qisqa videolar servisini taqdim etgandi. YouTube Shorts servisi AQSh hukumati va TikTok o‘rtasidagi qarama-qarshilik fonida ishga tushgan edi.
Mavzuga oid
00:15
YouTube'da ilk bor 500 mln obunachiga ega bloger paydo bo‘ldi
19:25 / 20.05.2026
Feyk xabarlarga chek qo‘yish: YouTube jiddiy yangilanishni tayyorlamoqda
18:08 / 12.03.2026
YouTube siyosatchilar va jurnalistlarni dipfeyklardan himoya qilishni boshlaydi
22:58 / 10.02.2026