13 noyabr kungi savdolarda Bitcoin narxi tarixda birinçi marta 90 ming dollardan oşdi. Ayni paytda birjada 1 BTC 89 ming 330 dollarga baholanyapti. Bu 1 kilo oltin narxidan (82 ming 624 dollar) ham qimmat.

Yil boşidan beri Bitcoin bahosi 2 barobardan köproqqa ösdi. Natijada BTC kumuşni ortda qoldirib dunyodagi eng yirik sakkizinçi aktivga aylanib oldi. Xöş, nima uçun mazkur kriptovaluta keskin qimmatlaşyapti?

Birinçidan, oxirgi kunlardagi narxlarning keskin oşişi Donald Trampning prezidentlik saylovidagi ğalabasi fonida yuz berdi. U hukumat tepasiga kelganidan keyin “raqamli oltin” narxi 30 foizdan ziyodga oşgan. Bunga Tramp özining saylovoldi nutqida kriptobiznesni qöllab-quvvatlagani sezilarli ta’sir körsatdi. Masalan, may oyida Tramp jamoasi rasman kriptovaluta orqali saylovoldi kampaniyasi uçun xayriyalarni qabul qila boşladi.

Bitcoin ham Trampning reklama kampaniyasining bir qismiga aylandi. Sentyabr oyida siyosatçi Nyu Yorkdagi barda tarafdorlariga Bitcoin’da burgerlar sotib oldi. U Nyu York dunyoning “kripto poytaxti”ga aylanişi kerakligini bir neça bor ta’kidlab ötdi. Şuningdek, kriptovaluta bozorini yanada yumşoqroq tartibga solişga va’da berdi, bu kompaniyalar va investorlar uçun muhim afzalliklarni taqdim etişi mumkin. Uşbu bayonotlar kripto bozorida ijobiy muhit yaratyapti.

Ikkinçidan, jahon iqtisodiyotidagi beqarorlik va inflatsiya sababli köplab investorlar Bitcoin’ni ham oltin kabi an’anaviy aktivlarga muqobil kapitalni himoya qiliş vositasi sifatida körişni boşlaşdi. Ayniqsa, Trampning ğalabasi moliya bozorlarida noaniqlik yuzaga keltirdi. Uning iqtisodiy siyosati, xususan soliqni pasaytiriş va davlat xarajatlarini köpaytiriş rejasi, davlat qarzini oşirişi mumkin. Bu esa inflatsiyaga olib kelişi prognoz qilinyapti va Bitcoin inflatsiyaga qarşi himoya vositasi sifatida qaralyapti.

Uçinçidan, AQŞ Qimmatli qoğozlar va birjalar komissiyasi (SEC) tomonidan Bitcoin ETF’larining tasdiqlanişi institutsional investitsiyalar oqimini oşirdi. Natijada yirik fondlar va kompaniyalar kriptovaluta bozoriga faol kirişdi, bu esa kursni mustahkamlaşga yordam berdi. Bundan taşqari, 2024 yilda Bitcoin Halving jarayoni amalga oşdi va maynerlarga beriladigan rağbat miqdori ikki barobar – 6,25 BTC’dan 3,125 BTC’ga tuşirildi. Taklifning kamayişi va talabning saqlanişi yoki ortişi bilan narx yuqori darajada saqlanib qolyapti.