Yöqolgan yangi qozon, çiqindiga taşlab yuborilgani yaşirilgan idiş-tovoqlar, har kunlik janjallar bu — talabalar yotoqxonasidagi odatiy sarguzaştlar. Kun.uz Toşkentdagi talabalar yotoqxonasidan birida bölib, bugungi davr talabalari qanday yaşayotgani bilan qiziqdi.

Karavotga könikolmagan 1-kurs talabasi

“Men bilan birga bitta xonada turgan 1-kurs talabasi karavotga könika olmagan. Kunlarning birida u karavotning ikkinçi qavatidan tuşib ketgan. Tunda tez yordam çaqirib, şifoxonaga borişga majbur bölganmiz”, — deya yotoqxonada esdan çiqmaydigan voqealarni hikoya qiladi 4-bosqiç talabasi Ne’matjon Arabboyev. Yöqolgan yangi qozon

“Talabalarning hamma qiziqarli voqealari yotoqxona oşxonasida böladi. Kimningdir ovqati yöqoladi, yana kimningdir noni yöqoladi. Bizda ham şunaqasi birinçi oydayoq bölgan. Yangi qozon olganmiz, tuş vaqtida ovqat qilganmiz. Köproq qilganimiz uçun keçga ham ovqat qolgandi. Keç tuşdi, ammo ne köz bilan köraylikki, qozon yöq. Qança izlasak ham ovqatniyam, qozonniyam şu kuni topa olmaganmiz. Ammo ikki kundan söng qozon oşxonada paydo bölib qolgan, unda şunday yozuv bor edi: “Ovqat uçun rozi bölinglar, katta rahmat” degan”, — deydi 2-bosqiç talabasi Dilşod Şavqiddinov.

Kuygan dazmol

“Ertalabdan kiyimimni dazmol qilişga tuşgandim. Uning tagiga qaramaganman. Mendan oldin dazmoldan foydalangan odam uning tagini kuydirib qöygan ekan. Oppoq koftamga dazmolni bosişim bilan uni qop-qora qilib qöyganman. Öşa kuni ötirib, rosa yiğlaganman”, — deya talabalikni şunday voqea bilan boşlagan 1-bosqiç talabasi Surayyoxon Pölatxonova.

Oçilgan sir

“Yotoqxonamizda tozalikka oid qoida bor: ovqatlanilgandan söng idiş-tovoqlarni yuvib, joyiga solib qöyiş kerak. Men navbatçilik vaqtimda bilmasdan şu idiş-tovoqlarni çiqindiga taşlab yuborganman. Bu haqida xonadoşlarimga aytmagandim. Ertasi kuni ovqat qilgan vaqtimizda ularga qöşilib, idiş-tovoqlarni birga izlaganmiz. Keyinroq yangi idişlarni sotib olganmiz. Xonadoşlar, agar meni körayotgan bölsangiz, sizlardan uzr sörayman”, — deya kulib eslaydi Dilşod Şavqiddinov.

Xarajatlar

Kun.uz bilan suhbatlaşgan yotoqxonada yaşayotgan talabalar bir oyda 1,5 mln sömdan 3-4 mln sömgaça xarajat qilişini aytdi. 1–2-kurs talabalarining xarajatlari asosan ota-onalar tomonidan qoplanadi. Yuqori kurs talabalari esa öqişdan taşqari işlar orqali öz xarajatlarini qoplaşga harakat qilişini ta’kidladi.