Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent teleminorasi qarshisida Toyota, Malibu-2 va Cobalt to‘qnashdi
YTH natijasida Malibu transport vositasining yo‘lovchisi va haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Joriy yilning 17 noyabr kuni soat 21:30 da Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi Toshkent teleminorasi qarshisida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi N.S. boshqaruvidagi Toyota rusumli, O.Sh. boshqaruvidagi Malibu-2 hamda A.I. boshqaruvidagi Cobalt rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida Malibu transport vositasining yo‘lovchisi va haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:23 / 24.03.2026
Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
22:00 / 15.03.2026
Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi
20:56 / 14.03.2026