Xitoy Oy tuprog‘idan yasalgan g‘ishtlar yordamida u yerda baza qurmoqchi
Tajribalarda oy g‘ishtlari oddiy yerdagi g‘ishtlarga qaraganda uch barobar mustahkam ekani ma’lum bo‘ldi.

Foto: phys.org
Xitoy Oyda birinchi doimiy baza yaratish harakatini davom ettirmoqda. 15 noyabr kuni mamlakat “Tyangun” kosmik stansiyasi bortida Oy tuprog‘idan qurilish materiallari ishlab chiqarish imkoniyatini sinab ko‘rish maqsadida noyob tajribani ishga tushirdi.
Uxan provinsiyasidagi Xuachjun universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan g‘isht prototiplari yuk tashuvchi raketa yordamida orbitaga jo‘natiladi. Oy tuprog‘i bilan bir xil xususiyatlarga ega bazalt namunalari kosmik muhit ta’siriga uchraydi.
“Materialni koinotga joylashtirish va o‘sha yerda qoldirishni rejalashtiryapmiz. Shu orqali materialning mustahkamligi va xususiyatlari ekstremal sharoitlarda qanchalik buzilishini tekshiramiz”, — deb tushuntirdi Xuachjun universiteti professori Chjou Chen.
Oydagi muhit juda noqulay: uning sirtidagi harorat Tselsiy bo‘yicha +180 darajadan -190 darajagacha o‘zgarib turadi, atmosferaning yo‘qligi sabab u kosmik nurlanish va mikrometeoritlardan himoyalanmagan. Bundan tashqari, tuproq silkinishlari — “oy zilzilalari” inshootlarni zaiflashtirib qo‘yishi mumkin.
G‘ishtlarni ishlab chiqarish “Chan’ye-5” missiyasi tomonidan olib kelingan oy tuprog‘i namunalarining tahlili asosida amalga oshirilgan. Olingan qora rangli g‘ishtlar oddiy yerdagi g‘ishtlarga qaraganda uch barobar mustahkam bo‘lib chiqdi. Bundan tashqari, ularni bir-biriga mahkamlash uchun bog‘lovchi materiallardan foydalanish shart emas.
Kelgusida qurilish uchun olimlar “Oy o‘rgimchagi” nomli 3D printer-robotni ham ishlab chiqdi. U oy tuprog‘idan o‘sha joyning o‘zida konstruksiyalar yarata oladi.
“Kelajakda qurilish materiallarini Yerdan tashish zaruriyatini bartaraf etish uchun Oyning o‘zidagi resurslardan foydalanishni rejalashtiryapmiz”, — deb ta’kidladi Chjou.
Tajriba uch yil davom etadi, har yili namunalar tahlil uchun Yerga qaytariladi. Oy tuprog‘idan foydalanish nafaqat qurilish jarayonini sezilarli darajada arzonlashtiradi, balki Yerning tabiiy yo‘ldoshiga yuklarni yetkazib berish bilan bog‘liq ko‘plab qiyinchiliklarni yengish imkonini beradi.
Xitoy Xalqaro Oy tadqiqot stansiyasi loyihasi doirasida qator mamlakatlar bilan faol hamkorlik olib bormoqda. OAVga ko‘ra, jumladan, Rossiya, Tailand, Venesuela va Pokiston, shuningdek, 40 ga yaqin xorijiy tashkilot loyihaga hamkor sifatida qo‘shilgan.
Shuningdek, AQSh 2026 yilda Oyga odam yuborishni va u yerda o‘z bazasini yaratishni rejalashtirmoqda. Yevropa kosmik agentligi ham Lego konstruktori tamoyiliga asoslangan qurilish bloklarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda. O‘z navbatida, Markaziy Florida universiteti olimlari 3D-bosma texnologiyasidan foydalanib qurilish g‘ishtlarini yaratmoqda.
Xitoyning qurilishda Oy resurslaridan foydalanish bo‘yicha olib borayotgan tajribalari muvaffaqiyatga erishish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Bu tajribalar koinotni o‘zlashtirishda muhim hisoblangan uzoq muddatli va iqtisodiy jihatdan samarali Oy bazalarini barpo etishga yo‘l ochmoqda.
“Oyda mavjud materiallardan foydalanish ancha arzonroqqa tushadi”, — dedi Britaniyaning Kil universitetidan astrofizik Yakko van Lun.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada yirik nemis farmatsevtika kompaniyasining zavodi musodara qilindi
Jahon | 13:27
-
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaning dengiz mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodiga ishga olinadi
Jamiyat | 13:07
-
Rubio: Putin bilan tinchlik to‘g‘risida "cheksiz muzokaralar" bo‘lmaydi
Jahon | 12:12
-
Tomorqa uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha choralar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 12:05
Mavzuga oid

08:02
Olimlar bonobo maymunlarining «tili»ni o‘rganib chiqishdi

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025