Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehronda 2,5 mln kishini sig‘dira oladigan bombapanohlar tayyorlanmoqda
Avvalroq AQSh yetakchisi Donald Tramp 2025 yil iyunda Eron yadroviy obektlariga zarbalar berilganini eslatib, bu safargi “hujum undan ham yomon bo‘lishi”ni ta’kidlagandi.
Tehronda 300dan ortiq yerosti inshootlari, jumladan, parkovka va metro stansiyalari bombapanoh sifatida foydalaniladi. Tehron inqirozlarni boshqarish tashkiloti rahbari Ali Nosiriyning SNN telekanaliga aytishicha, ular 2,5 mln nafarga yaqin kishini sig‘dira oladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 82 ta metro stansiyasi bombapanoh uchun ajratilgan bo‘lib, yaqin vaqt ichida ular haqidagi ma’lumotlar va yo‘lko‘rsatkichlar o‘rnatiladi.
"Zarur jarayonlar yakuniga yetgach, 2,5 mln nafarga yaqin kishini sig‘dira oladigan bombapanohlar tashkil etiladi", - dedi u.
26 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Eron tomon "ulkan armada" yo‘lga chiqqanini aytdi. U Tehron "adolatli va teng huquqli kelishuv" imzolashiga umid bildirdi. AQSh yetakchisi 2025 yil iyunda Eron yadroviy obektlariga zarbalar berilganini eslatib, bu safargi “hujum undan ham yomon bo‘lishi”ni ta’kidladi.
Tehron bunga javoban AQSh va uning ittifoqchilarining Yaqin Sharqdagi harbiy infratuzilmalariga zarba berish bilan tahdid qildi.
Mavzuga oid
08:59 / 02.06.2026
Tramp Tehron bilan muzokaralar to‘xtatilganini rad etdi
22:18 / 18.03.2026
Eron Yaqin Sharq mamlakatlaridagi energetika obektlariga zarba berishini e’lon qildi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
11:10 / 14.03.2026