Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi
Shuningdek, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashayotgan faollar ichki ishlar binosining kirish qismi yaqinida chodirlar o‘rnatgan.
Extinction Rebellion harakati faollari norozilik ramzi sifatida Italiya Ichki ishlar vazirligi binosi qarshisiga go‘ng to‘kib, lager tikladi, deb xabar beradi Corriere della Sera nashri.
«Faollar go‘ng ortilgan yuk mashinasida kelib, uni yerga to‘kishdi», — deyiladi xabarda.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, norozilik aksiyasi mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da boshlangan. Yuzga yaqin yoshlar go‘ngni vazirlik binosi ortidagi yo‘lakka to‘kib, idoraning kirish qismi yaqiniga chodirlar o‘rnatgan holda lager tiklagan. Aksiya ishtirokchilari atrof-muhit va ish o‘rinlari himoyasi to‘g‘risida shiorlarini baqirib aytgan.
Hodisa joyiga politsiya yetib kelgan. Huquq-tartibot xodimlari faollarni chodirlardan olib chiqib, shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida ularni idoraga olib ketgan. Ayrim faollar yerga o‘tirgan holda «passiv qarshilik» ko‘rsatgan, ba’zilari esa daraxtlarga transparat (shiorlar yozilgan qog‘ozlarini) ilishga uringanida ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Yevropada fermerlar norozilik namoyishlari o‘tkazib, Yevrokomissiya binosiga go‘ng sepishgan edi. O‘shanda Yevropa fermerlari Ukrainadan bojsiz kirib kelayotgan oziq-ovqat mahsulotlari bozordagi narxni tushirib yuborayotganidan norozilik bildirgan.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026