Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.

Livanda otaşkesim kelişuvi

Isroil hukumati Livandagi «Hizbulloh» bilan öt oçişni töxtatiş haqidagi dastlabki kelişuvni ma’qulladi, deb xabar bermoqda Ynet va CNN manbalari.

CNN ma’lumotiga köra, Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyahu kelişuvni umumiy qoidalar böyiça qöllab-quvvatlagan, ammo ayrim tafsilotlarga e’tirozlar bildirgan. Uşbu e’tirozlar Livan hukumatiga taqdim etilişi rejalaştirilgan. Kelişuv yakuniy tasdiqlanişi uçun uni Isroil vazirlar devoni ham ma’qullaşi kerak.

Ynet ma’lumotiga köra, muzokaralar ketayotgan çoğda «Hizbulloh» Isroilga 255 dan ortiq raketa uçirişi tufayli ziddiyat yanada kuçaygan. AQŞning Yaqin Şarq böyiça maxsus vakili Amos Hohşteyn Livan tomoniga Isroilning öt oçişni töxtatişga rozi ekanligini ma’lum qilgan. U şuningdek, agar kelişuvga erişilmasa, AQŞ muzokaralarda vositaçilik qilişni töxtatişini bildirgan.

Axios ma’lumotiga köra, kelişuv 60 kunlik ötiş davrini öz içiga oladi. Bu vaqt davomida Isroil harbiylari Janubiy Livandan çiqib ketadi, Livan armiyasi çegaraga yaqin hududlarda joylaştiriladi, «Hizbulloh» esa oğir qurollarini Litani daryosi şimoliga köçiradi. Bu jarayonlarni nazorat qiliş uçun AQŞ rahbarligida maxsus qömita taşkil etilişi közda tutilgan.

2024 yil sentabr oyida Isroil Janubiy Livanga çeklangan quruqlik hujumlarini boşlab, havo zarbalari orqali «Hizbulloh» infratuzilmasini yöq qilişga urinişni davom ettirdi. Ötgan yildan buyon Isroilning zarbalari natijasida Livanda 3754 kişi halok bölgan, 15 ming 626 kişi yaralangan. Bulardan taşqari, 1,4 milliondan ortiq livanlik öz uylarini tark etişga majbur bölgan, 610 ming kişi Suriyaga qoçib ötgan.

Oyatulloh Netanyahuga oliy jazo söradi

Eronning oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuga nisbatan Xalqaro jinoiy sud tomonidan çiqarilgan hibsga oliş orderini yetarli emas deb, uning örniga ölim jazosi tayinlanişi kerakligini ta’kidladi.

«Sionistik rejim Ğazoda harbiy jinoyat sodir etdi. Hibsga oliş orderi yetarli emas. Netanyahu va bu rejimning jinoiy rahbarlari ölim jazosiga hukm qilinişi kerak», — dedi Xomanaiy «Basij» harakati a’zolari bilan uçraşuv vaqtida.