Epigenetik soatlar insonning biologik yoşini aniqlaş usuli. DNK çizgilaridagi epigenetik harakatlar vaqt ötişi bilan özgaradi. Epigenetik soatlarni aniqlaş esa şu özgarişlarni taxmin qila oliş konsepsiyasiga asoslanadi. Ular odatda qarişning asosiy mexanizmlarini tuşintirmasdan bitta yoşni taxmin qiladi xolos. Tadqiqotçilar esa inson tana a’zolari turliça tezlikda qarişini ölçaş ustida işlab keladilar. Yaqinda Harvard universiteti olimlari Ageome deb nomlangan ölçaş usulini taqdim etdi. Unga köra, qarişni bitta biologik yoş bilan baholab tasvirlaş murakkab. Tadqiqotda Ageome hisoblaş tizimidan foydalanilgan. Unda bir vaqtning özida siçqonlar va odamlardagi minglab molekulyar yöllarning epigenetik yoşi ölçangan.

Ageome organizmning umumiy biologik yoşini uning funksional modullarining jamoaviy yoşiga qarab taxmin qiliş mumkinligiga asoslanadi. Ya’ni a’zolar turli tezliklarda qarişi va turli biologik yoşga ega bölişi mumkin. “An’anaviy soatlardan farqli ölaroq, Ageome hujayra funksiyalaridagi biologik qarişning yuqori ölçamli tasvirini taqdim etadi. Bu esa odam, populyatsiya va turlar böylab qariş dinamikasini har tomonlama baholaş imkonini beradi”, – deyiladi tadqiqotda.

Ta’kidlanişiça, Ageome’ni uzoq umr körişga yordamlaşiş usullarida qöllaş mumkin. Umuman olganda kasalliklarni başorat qilişga asoslangan epigenetik biologik belgilar soğliqni yaxşilaşga yordamlaşib, odamlarning soğliq xarajatlarini kamaytirişi mumkin. Hayot tarzini özgartirişdan tortib, eksperimental terapiyalar, hujayralarni qayta dasturlaşgaça – hammasi biologik qarişni sekinlaştiriş, kasallik xavfini kamaytiriş va soğlom yillarni uzaytirişga qaratilgan.

Şuni ham qöşimça qiliş kerakki, hujayralarni qayta dasturlaş hujayralarni yoşartiriş bilan birga, ba’zi funksional modullarning qarişini ham tezlaştirişi mumkin.

Tadqiqotçilar yurak, miya, öpka va buyraklar kabi asosiy tana azolari qarişini modellaştiriş uçun plazma oqsillar olgan. Bu yondaşuv ularga ba’zi organlarning boşqalarga nisbatan qanday qarişini kuzatib boriş, har bir a’zoning muayyan kasalliklarga moyilligini aniqlaşi mumkin bölgan yoşga oid noyob ma’lumotlarni töplaşga imkon bergan. Ageome saratonni ham samaraliroq başorat qilişga yordam berişi ta’kidlangan.