Singapur, Rossiya va AQŞ olimlari inson nazariy jihatdan eng köpi bilan 150 yil yaşaşi mumkinligi haqidagi xulosaga kelişdi. Ularning bu borada olib borgan tadqiqotlari natijalari Nature naşrida e'lon qilingan.

Olimlar inson organizmi holatini baholaş uçun biologik yoş tuşunçasidan foydalanişadi. Biologik yoş köpinça insonning haqiqiy yoşiga mos kelmaydi. Biologik yoşni aniqlaş uçun maxsus biomarkerlar – qarişni prognoz qiluvçi körsatkiçlar qöllanadi. Ular har bir odam uçun qarişga qarşi samarali vositalarni tanlaş imkonini beradi.  

Tadqiqot mualliflari biologik yoşni qon tahlili böyiça aniqlaş usulini işlab çiqişdi va biologik qarişni baholaş uçun universal kompleks körsatkiç DOSI’ni (dynamic organism state indicator – organizmning dinamik holati körsatkiçi) qöllaşni taklif qilişdi. U organizmning jismoniy bardoşliligi umumiy darajasini körsatadi.

AQŞning salomatlik va ovqatlaniş milliy tadqiqoti va Britaniya biobankida saqlangan qon tahlillari haqidagi ma'lumotlar tahlili DOSI’ga yoş, kasalliklar va turmuş tarzi ta'sir qilişini körsatgan. Olimlar körsatkiçlar jicmoniy faollik darajasiga boğliq holda qanday özgarişini tekşirişgan.

Tadqiqotçilar olingan ma'lumotlar asosida inson organizmi bardoşliligi 120-150 yoşda eng past darajada bölişini, jumladan, 150 yoşda nolga yaqinlaşişini aniqlaşgan. Bundan esa inson nazariy jihatdan körişi mumkin bölgan maksimal umr 150 yilga tengligi haqidagi xulosaga kelingan.

Tadqiqotçilarning ta'kidlaşiça, ular işlab çiqqan usul biologik yoşni aniqlovçi boşqa usullardan farqli, birinçi marta har bir muayyan kişining qança umr körişini baholaş imkonini beradi.