Xitoylik tadqiqotçilar insonning yuzi, tili va köz tör pardasi tasviridan foydalangan holda uning biologik yoşini sun’iy intellekt yordamida aniqlovçi vosita işlab çiqdi. Bu usul hujayralar, töqimalar va organlarning holatini bilişga imkon beradi, biror surunkali kasallikka çaliniş xavfi bor-yöqligini aniqlaydi.

Biologik yoş nima?

Insonning xronologik yoşini aniqlaş uçun uning haydovçilik guvohnomasiga qaraşning özi yetarli bölişi mumkin. Lekin biologik yoşni aniqlaş biroz murakkab. Xronologik yoşdan farqli ravişda biologik yoşni aniqlaşning umumkelişilgan biror varianti yöq. Biologik yoş hayot tarzi, atrof-muhit va genetika sabab ta’sirlanişi mumkin. Masalan, tamaki çekuvçi inson özining tengdoşiga nisbatan kattaroq körinişi, doimiy sport bilan şuğullanuvçilar esa yoşroq körinişi mumkin.

2 yoş turidagi farq faqatgina teridagi ajinlarning qançalik çuqurligi bilan belgilanmaydi. Agar siz öz xronologik yoşingizga nisbatan katta körinsangiz surunkali kasallikka çaliniş yoki kognitiv susayişga ertaroq duç bölişingiz ehtimoli bor. Yoki biologik jihatdan yoşroq bölsangiz, köproq yaşaşingiz mumkin. 

Stenford universiteti genetigi Mixail Snayderning qayd etişiça, biologik yoşni biliş muhim, sababi biror muammo aniqlansa, inson salomatligini yaxşilaş uçun soğlom turmuş tarziga amal qilişni boşlaşi mumkin.

Biologik yoşni qanday aniqlaş mumkin?

Qarişning dastlabki belgilari, ya’ni biologik yoşni aniqlaş modellari DNKdagi vaqt ötişi bilan özgarib turuvçi qaysidir genlarning öçirilgani yoki yoqilganini körsatuvçi kimyoviy belgilarni hisoblaş yordamida örganiladi. Yana ba’zi variantlar esa qondagi glyukoza tarkibi va yalliğlaniş oqsillarining miqdoriga qarab xulosa qiladi. Oldinroq olimlar insonning yuzi, miyasi skaneri va qondagi protein miqdoriga qarab biologik yoşni aniqlaş usulini topgan.

Bu kabi usullarning barçasi biz ulğayganimiz sari yuzga ajin tuşişi, diabet kabi xronologik kasalliklarga çaliniş holatlari kabi sodir böladigan özgarişlarni aniqlab beradi. Lekin qariş baribir murakkab jarayon, u hamma organlarga turli yöllar bilan ta’sir qiladi.

Yangi usul haqida

Biologik yoşni aniqlaş uçun xitoylik tadqiqotçilar Şimoliy Xitoy hududida yaşovçi 11,2 ming kişining ma’lumotlarini örgandi. Sun’iy idrok yordamidagi bu tadqiqotda insonning yuzi, köz tör pardasi va tili tasviri asosida uning biologik yoşi aniqlanadi.