Jahon | 12:33
2724
3 daqiqa o‘qiladi

Putin Shols bilan yana telefonda gaplashishi mumkinligini bildirdi

Kreml rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u va Germaniya kansleri o‘rtasidagi telefon suhbati yaqinlashuvga olib kelmagan, ammo suhbat baribir takrorlanishi mumkin. Rossiya Federatsiyasi G‘arb yetakchilari bilan faqat o‘z shartlari asosida muzokara olib borishga tayyor, dedi Putin Ostonada.

Foto: Ramil Sitdikov/AP Photo/picture alliance

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, 15 noyabr kuni u va Germaniya kansleri Olaf Shols o‘rtasidagi telefon muloqoti yaqinlashuvga olib kelmadi, lekin suhbat baribir takrorlanishi mumkin. Bu haqda Putin 28 oktyabr, payshanba kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan KXShT sammitining yakuniy matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«Ammo bu yerda u uchun ham, men uchun ham g‘ayrioddiy narsa yo‘q edi — u o‘z pozitsiyasini tushuntirdi va biz bu masalada (Ukrainadagi urush haqida) o‘z fikrimizda qoldik, - dedi prezident. - Ammo umuman olganda, menimcha, kelajakda muloqot bo‘lishi mumkin».

Putinning ta’kidlashicha, Rossiya G‘arb yetakchilari bilan muzokaralar olib borish va Ukraina bilan kelishuvga erishishga tayyor. Biroq, muzokaralar faqat u iyun oyida e’lon qilgan shartlar asosida o‘tishi mumkin. Kreml rahbari hamon Ukraina qo‘shinlari Ukrainaning to‘rtta oblasti butun hududidan olib chiqilishini va Kiyevning NATOga qo‘shilishdan bosh tortishini istamoqda.

Shols: Putinning Ukrainadagi urush haqidagi qarashlari o‘zgarmadi

Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida Ukrainadagi urush bo‘yicha qarashlarida hech qanday o‘zgarish ko‘rmadi. 17 noyabr kuni Berlin aeroportida matbuotga bergan intervyusida Shols: «Suhbat juda batafsil bo‘lib o‘tdi, ammo bu Rossiya prezidentining urush haqidagi qarashlarida juda oz narsa o‘zgarganini anglab yetishga imkon yaratdi va bu unchalik yaxshi xabar emas», dedi u Braziliyadagi G20 sammitiga uchishidan oldin.

Shu bilan birga, Germaniya hukumati rahbari G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishi haqidagi har qanday illyuziyalarni yo‘q qilish uchun Putin bilan gaplashish zarurligini ta’kidladi. «Unga Germaniya, Yevropa va dunyoning boshqa ko‘plab mamlakatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlov zaiflashishiga ishonmaslik kerakligini aytish juda muhim», dedi Shols.

Mavzuga oid