Jahon | 00:04 / 03.12.2024
3333
2 daqiqa o‘qiladi

Daniya hukumati Kopengagen aeroportini 4,5 mlrd dollarga sotib oldi

Mamlakat Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, hukumat aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish niyatida, keyinchalik esa kompaniyadagi davlat ulushini 50,1 foizgacha qisqartirishni rejalashtirgan.

Foto: fm.dk

Daniya hukumati mahalliy ATP pensiya fondidan Kopengagendagi ikkita aeroportni boshqaruvchi Kobenhavns Lufthavne’ning 59,4 foiz aksiyasini 4,5 milliard dollarga sotib oldi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hukumat shu vaqtga qadar Kobenhavns Lufthavne’ning 39,2 foiz aksiyasiga egalik qilgan va endi kompaniyaning 98,6 foizli ulushdoriga aylangan.

Kobenhavns Lufthavne Kopengagenning asosiy — Kastrup aeroportini (u Skandinaviyada yo‘lovchilar oqimi eng ko‘p bo‘lgan bandargoh), shuningdek, Roskille mintaqaviy aeroportini boshqaradi. 2023 yilda kompaniya 580 million dollar daromad ko‘rgan, sof foyda — 55 million dollar.

Daniya Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, hukumat aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish niyatida, keyinchalik esa kompaniyadagi davlat ulushini 50,1 foizgacha qisqartirishni rejalashtirgan.

O‘zining asosiy aeroporti Kastrup bo‘lgan SAS aviakompaniyasi Daniya hukumatining xaridini mamnuniyat bilan qabul qilishini bildirdi, chunki bu «Kopengagen aeroportining xalqaro xab sifatidagi mavqeyini mustahkamlashga» yordam beradi. 

Mavzuga oid