Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 dekabr kuni ham tuman tushishi mumkin
O‘zgidromet 5 dekabr, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Foto: Kun.uz / Muhammadjon G‘aniyev
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab biroz shivalama yog‘ingarchilik bo‘lishi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -1...+1, kunduzi +6...+8 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...-8, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...+2, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...+2, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida kechasi va ertalab biroz shivalama yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...+2, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5, ba’zi joylarda -2, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...+2, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -1...-6, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:52 / 07.02.2026
Tog‘larga ko‘p qor yog‘di: bu yil barakali, ammo xavfli mavsum bo‘ladi
12:37 / 06.02.2026
Hafta oxirida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmayapti
10:56 / 04.02.2026
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
13:13 / 02.02.2026